QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Masad surasi · Oyatсураси · Оят5

فِى جِيدِهَا حَبْلٌ مِّن مَّسَدٍۭ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Uning bo`ynida eshilgan arqon.Унинг бўйнида эшилган арқон.Alauddin Mansour: — boʻynida pishiq toladan eshilgan arqon boʻlgan xotini ham (lovullab turgan alangali doʻzaxga kirajak!)— бўйнида пишиқ толадан эшилган арқон бўлган хотини ҳам (ловуллаб турган алангали дўзахга киражак!)

603-sahifa · 30-juz · 60-hizb603-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فِىichidaичидаجِيدِهَاuning boʻyniунинг бўйниحَبْلٌۭarqonарқонمِّن-dan-данمَّسَدٍۭeshilgan tolaэшилган тола
TafsirТафсир

Abu Lahabning xotini boʻynida doʻzaxda boʻladigan arqon maʼnosida koʻp gaplar aytilgan. Jumladan, oʻsha arqon xurmoning poʻstlogʻi ichidagi mayin tolalardan yaxshilab eshilgan yoki jundan, teridan, temirdan, olovdan boʻladi, deyilgan. Nima boʻlganda ham, oʻsha arqon uni azoblash, xoʻrlash uchun ishlatiladi.

Yaʼni, bu dunyoda yomonlik yoʻlida oʻtin koʻtargan arqoni oʻrniga qiyomatda boʻyniga eshilgan arqon oʻrab sudraladi.

Abu Lahabning xotini al-Avroou binti Harb deb nomlanib, kunyasi Ummi Jamil edi. U Abu Sufyon ibn Harbning singlisidir. Ummi Jamil ham eri kabi Paygʻambarimiz alayhissalomga adovati kuchli edi. Ul zotga qarshi turli-tuman dushmanlik ishlarini qilar edi.

Alloh taoloning vaʼdasi amalga oshdi. Abu Lahab xor boʻldi. Kishilarni Islomdan qaytarish uchun qilgan harakatlari bekor ketdi.

U asrlar osha Qurʼon orqali laʼnatlanmoqda. Abu Lahabning yoʻliga yurganlar ham shu oqibatga erishadilar.