QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Masad surasi · Oyatсураси · Оят4

وَٱمْرَأَتُهُۥ حَمَّالَةَ ٱلْحَطَبِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va uning o`tin ko`targan xotini ham.Ва унинг ўтин кўтарган хотини ҳам.Alauddin Mansour: Va uning oʻtin orqalagan xotini,Ва унинг ўтин орқалаган хотини,

603-sahifa · 30-juz · 60-hizb603-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱمْرَأَتُهُۥva uning xotiniва унинг хотиниحَمَّالَةَkoʻtaruvchiкўтарувчиٱلْحَطَبِoʻtinўтин
TafsirТафсир

Abu Lahabning xotini Ummi Jamilning «Hamma latal hatob»– oʻtin koʻtaruvchi deb sifatlanishiga ulamolar bir necha xil fikrlar aytadilar.

1) Eri kuyayotgan jahannamga oʻtin koʻtarib kiradi va ikkovi yana ham qattiqroq kuyadilar.

2) Ummi Jamil chaqimchiligi, dinga qarshi fitnasi bilan mashhur edi. «Oʻtin koʻtaruvchi» degani fitnani alanga oldirish uchun chaqimchilik qilib, gap tashib yurishiga ishora.

3) Bu ayol tikonli oʻtinlarni koʻtarib kelib, Muhammad alayhissalomga ozor berish maqsadida, yoʻllariga sochar edi, oʻsha qiligʻiga ishora.