QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Masad surasi · Oyatсураси · Оят3

سَيَصْلَىٰ نَارًا ذَاتَ لَهَبٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U tezda cho`g`i qizib turgan o`tga kiradir.У тезда чўғи қизиб турган ўтга кирадир.Alauddin Mansour: Yaqinda u (lovullab turgan) alangali doʻzaxga kirajak!Яқинда у (ловуллаб турган) алангали дўзахга киражак!

603-sahifa · 30-juz · 60-hizb603-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
سَيَصْلَىٰtezda kiradiтезда кирадиنَارًۭاoʻtgaўтгаذَاتَega boʻlganэга бўлганلَهَبٍۢalangagaалангага
TafsirТафсир

Bu qizib turgan oʻt jahannam oʻtidir.

Ulamolarimiz «Masad» surasida, xususan, uning ushbu oyatida ulkan moʻʼjiza borligini taʼkidlaydilar. Maʼlumki, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning koʻpgina dushmanlari u zotga uzoq muddat adovat qilganlaridan soʻng, huzurlariga kelib, oʻz Islomlarini eʼlon qilganlar. Ular orasida Umar ibn Xattob, Xolid ibn Valid va Amr ibn Oss roziyalohu anhum kabi ulugʻ sahobiylar ham koʻp edilar. Eng ajablanarlisi, Qurʼoni Karim oʻsha dushmanlardan bir kishini, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yaqin qarindosh boʻlgan kishini, amakilari va qudalari boʻlmish Abu Lahabni tanlab olib, uning kufrda abadiy qolishi, kofir holida oʻlib, doʻzaxga tushishi xabarini berdi.

Bundoq qatʼiy hukmni faqat Alloh taoloning Oʻzigina qilishi mumkin. Chunki, Abu Lahab xohlagan lahzada kalimai shahodatni aytib iymonga kelishi mumkin edi. Hech boʻlmasa, dushmanlik uchun, qasdan iymon keltirib, odamlar ichida Qurʼonni, Muhammad sollallohu alayhi vasallamni yolgʻonchi degan gap tarqatishi ham mumkin edi. Lekin, Alloh taolo har bir narsani, kelajakda boʻladigan ishlarni ham ipidan-ignasigacha yaxshi biladigan Zot. Shuning uchun, hamma narsani oldindan ochiq-oydin aytib qoʻydi va ish oʻshandoq boʻldi. Abu Lahab kofir holida halok boʻldi, endi qiyomatda doʻzaxga kiradi.