QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yusuf surasi · Oyatсураси · Оят14

قَالُوا۟ لَئِنْ أَكَلَهُ ٱلذِّئْبُ وَنَحْنُ عُصْبَةٌ إِنَّآ إِذًا لَّخَـٰسِرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Agar biz ko`pchilik bo`lib turib, uni bo`ri yeb ketsa, unda biz ziyonkorlardan ekanmiz-da?!» – dedilar.Улар: «Агар биз кўпчилик бўлиб туриб, уни бўри еб кетса, унда биз зиёнкорлардан эканмиз-да?!» – дедилар.Alauddin Mansour: Ular dedilar: «Qasamki, agar biz butun bir jamoat boʻlgan holimizda (gʻaflatda qolib) uni boʻri yeb ketsa, demak, biz, shak-shubhasiz, ziyon koʻrguvchi — halok boʻlguvchilardirmiz».Улар дедилар: «Қасамки, агар биз бутун бир жамоат бўлган ҳолимизда (ғафлатда қолиб) уни бўри еб кетса, демак, биз, шак-шубҳасиз, зиён кўргувчи — ҳалок бўлгувчилардирмиз».

236-sahifa · 12-juz · 24-hizb236-саҳифа · 12-жуз · 24-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالُوا۟dedilarдедиларلَئِنْagarагарأَكَلَهُuni yesaуни есаٱلذِّئْبُboʻriбўриوَنَحْنُholbuki, bizҳолбуки, бизعُصْبَةٌkoʻpchilikmizкўпчиликмизإِنَّآalbatta, bizалбатта, бизإِذًۭاundaундаلَّخَـٰسِرُونَalbatta, ziyonkorlarmizалбатта, зиёнкорлармиз
TafsirТафсир

Bu gap otalariga qattiq taʼsir koʻrsatish uchun aytilgan edi. Ular, agar biz koʻpchilik boʻla turib, bittayu bitta ukamizni himoya qila olmay, boʻriga yegizib yuborsak, nima degan odam boʻldik, unda biz ziyonkor, hech narsaga arzimaydigan, indamay boʻriga yem boʻlib ketaveradigan odamlar ekanmiz-da, demoqchi boʻldilar. Bunga oʻxshash gaplar odamga, albatta, qattiq taʼsir qiladi. Yaʼqub alayhissalom ham noiloj qolib, Yusufni akalariga qoʻshib yubordilar.