QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yusuf surasi · Oyatсураси · Оят15

فَلَمَّا ذَهَبُوا۟ بِهِۦ وَأَجْمَعُوٓا۟ أَن يَجْعَلُوهُ فِى غَيَـٰبَتِ ٱلْجُبِّ ۚ وَأَوْحَيْنَآ إِلَيْهِ لَتُنَبِّئَنَّهُم بِأَمْرِهِمْ هَـٰذَا وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Uni olib ketib, quduq qa'riga tashlashga qaror qilganlarida, Biz unga: «Sen, albatta, ularga bu qilmishlarining xabarini berursan, o`shanda ular seni sezmaslar ham», deb vahiy qildik.Уни олиб кетиб, қудуқ қаърига ташлашга қарор қилганларида, Биз унга: «Сен, албатта, уларга бу қилмишларининг хабарини берурсан, ўшанда улар сени сезмаслар ҳам», деб ваҳий қилдик.Alauddin Mansour: Bas, qachonki uni olib ketishib, soʻngra quduq qaʼriga tashlashga qasd qilgan vaqtlarida, Biz unga (Yusufga): «Sen albatta (vaqti kelib) ogʻa-inilaringga bu qilmishlari haqida xabar berursan. Ular (oʻshanda, sen Yusuf ekaningni) sezmaydilar ham», deb vahiy qildik.Бас, қачонки уни олиб кетишиб, сўнгра қудуқ қаърига ташлашга қасд қилган вақтларида, Биз унга (Юсуфга): «Сен албатта (вақти келиб) оға-иниларингга бу қилмишлари ҳақида хабар берурсан. Улар (ўшанда, сен Юсуф эканингни) сезмайдилар ҳам», деб ваҳий қилдик.

237-sahifa · 12-juz · 24-hizb237-саҳифа · 12-жуз · 24-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَلَمَّاbas, qachonkiбас, қачонкиذَهَبُوا۟olib ketdilarолиб кетдиларبِهِۦuniуниوَأَجْمَعُوٓا۟va qaror qildilarва қарор қилдиларأَن...ga...гаيَجْعَلُوهُuni tashlashgaуни ташлашгаفِىichigaичигаغَيَـٰبَتِqaʼrigaқаъригаٱلْجُبِّ ۚquduqningқудуқнингوَأَوْحَيْنَآva Biz vahiy qildikва Биз ваҳий қилдикإِلَيْهِungaунгаلَتُنَبِّئَنَّهُمalbatta, ularga xabarini berasanалбатта, уларга хабарини берасанبِأَمْرِهِمْqilmishlari haqidaқилмишлари ҳақидаهَـٰذَاushbuушбуوَهُمْholbuki, ularҳолбуки, уларلَاemasэмасيَشْعُرُونَsezadilarсезадилар
TafsirТафсир

Nihoyat, Yusufning akalari oʻzlarining mashʼum niyatlariga yetdilar. Uni quduq qaʼriga tashlash haqidagi qarorlarini amalga oshirdilar. Quduq qaʼrida qalbi xavfga toʻlib, oʻlimini kutib oʻtirgan yosh Yusufga vahiy keldi:

«Unga: «Sen, albatta, ularga bu qilmishlarining xabarini berursan, oʻshanda ular seni sezmaslar ham», deb vahiy qildik.»

Yaʼni, sen xafa boʻlma, qoʻrqma ham, vaqti-soati kelib, akalaringga oʻzingga qilgan xiyonatlarining xabarini berasan. Oʻshanda vaziyat shu darajada oʻzgargan boʻladiki, akalaring seni tanimaydilar ham.

Alloh taolo bu bashoratni quduq ichida bechora holda oʻlimini kutib oʻtirgan Yusufga aytmoqda. Quduqda oʻlim xavfi ostida oʻtirgan odamning birdan-bir fikri, qanday qilib boʻlsa ham, u yerdan qutulib chiqish boʻladi. Ammo, oʻzini shu holga solganlarga qilmishlarini aytib berishini va oʻshanda tajovuzkorlar uning Yusuf ekanini xayollariga ham keltirmasliklarini faqat Alloh taologina bashorat qila oladi. Oʻzining suyukli bandasi, boʻlajak Paygʻambari Yusufning quduqqa tashlanishi ham, aslida, behikmat emas. Balki, roʻy berajak katta hodisalar va martabalar sari bir pogʻona boʻlgan, xolos. Yusuf oʻsha holda quduq qaʼrida qoldi.

Akalar esa, qilar ishni qilib qoʻyib, uyga ravona boʻldilar va: