QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yusuf surasi · Oyatсураси · Оят16

وَجَآءُوٓ أَبَاهُمْ عِشَآءً يَبْكُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kechqurun yig`lagan hollarida otalariga kelib:Кечқурун йиғлаган ҳолларида оталарига келиб:Alauddin Mansour: Ular kechqurun otalari oldiga yigʻlagan hollarida kelishdi.Улар кечқурун оталари олдига йиғлаган ҳолларида келишди.

237-sahifa · 12-juz · 24-hizb237-саҳифа · 12-жуз · 24-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَجَآءُوٓva keldilarва келдиларأَبَاهُمْotalarigaоталаригаعِشَآءًۭkechqurunкечқурунيَبْكُونَyigʻlagan hollaridaйиғлаган ҳолларида
TafsirТафсир

Unday bemaza ishlarni qiladigan har bir shaxs, oʻz qilmishlarini yashirish uchun, dastlab, ayyuhannos soladi. Shu odat boʻyicha, ular ham otalariga oʻzlari toʻqib qoʻygan yolgʻonni ishlatdilar. Hiyla qilishda otalarining ularga hadiksirab aytgan gapidan foydalandilar. Yaʼqub alayhissalom: «Siz undan gʻofil qolsangiz, uni boʻri yeb ketishidan qoʻrqaman», degan edilar. Ular bu hollari bilan, biz yoshlik qilibmiz, sening gapingga kirsak boʻlar ekan, xuddi aytganingdek boʻldi, biz oʻyinga berilib, gʻofil qolibmiz, Yusufni boʻri yeb ketibdi, deyishmoqchi boʻlishdi va bu gapning orqasidan:

«Agar rostgoʻy boʻlsak ham, sen bizga ishonmassan», – dedilar».

Bu ham qilarini qilib qoʻyib, bahona axtarganlarning uslublaridan biridir.