قَالُوا۟ يَـٰٓأَبَانَآ إِنَّا ذَهَبْنَا نَسْتَبِقُ وَتَرَكْنَا يُوسُفَ عِندَ مَتَـٰعِنَا فَأَكَلَهُ ٱلذِّئْبُ ۖ وَمَآ أَنتَ بِمُؤْمِنٍ لَّنَا وَلَوْ كُنَّا صَـٰدِقِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Ey otamiz, biz Yusufni narsalarimiz oldiga qoldirib, o`zimiz quvlashib ketsak, uni bo`ri yeb qo`yibdi. Agar rostgo`y bo`lsak ham, sen bizga ishonmassan», – dedilar.«Эй отамиз, биз Юсуфни нарсаларимиз олдига қолдириб, ўзимиз қувлашиб кетсак, уни бўри еб қўйибди. Агар ростгўй бўлсак ҳам, сен бизга ишонмассан», – дедилар.Alauddin Mansour: Va: «Ey ota, bizlar Yusufni narsalarimiz oldida qoldirib quvlashib ketgan edik, uni boʻri yeb ketibdi. Endi rost gapirsak ham sen bizlarga aslo ishonmaysan», dedilar.Ва: «Эй ота, бизлар Юсуфни нарсаларимиз олдида қолдириб қувлашиб кетган эдик, уни бўри еб кетибди. Энди рост гапирсак ҳам сен бизларга асло ишонмайсан», дедилар.
Unday bemaza ishlarni qiladigan har bir shaxs, oʻz qilmishlarini yashirish uchun, dastlab, ayyuhannos soladi. Shu odat boʻyicha, ular ham otalariga oʻzlari toʻqib qoʻygan yolgʻonni ishlatdilar. Hiyla qilishda otalarining ularga hadiksirab aytgan gapidan foydalandilar. Yaʼqub alayhissalom: «Siz undan gʻofil qolsangiz, uni boʻri yeb ketishidan qoʻrqaman», degan edilar. Ular bu hollari bilan, biz yoshlik qilibmiz, sening gapingga kirsak boʻlar ekan, xuddi aytganingdek boʻldi, biz oʻyinga berilib, gʻofil qolibmiz, Yusufni boʻri yeb ketibdi, deyishmoqchi boʻlishdi va bu gapning orqasidan:
«Agar rostgoʻy boʻlsak ham, sen bizga ishonmassan», – dedilar».
Bu ham qilarini qilib qoʻyib, bahona axtarganlarning uslublaridan biridir.