QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yusuf surasi · Oyatсураси · Оят18

وَجَآءُو عَلَىٰ قَمِيصِهِۦ بِدَمٍ كَذِبٍ ۚ قَالَ بَلْ سَوَّلَتْ لَكُمْ أَنفُسُكُمْ أَمْرًا ۖ فَصَبْرٌ جَمِيلٌ ۖ وَٱللَّهُ ٱلْمُسْتَعَانُ عَلَىٰ مَا تَصِفُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va uning yolg`on qonga bo`yalgan ko`ylagini keltirdilar. U: «Yo`q! Sizga havoyi nafsingiz biror ishni ziynatlab ko`rsatibdi. Endi chiroyli sabr(dan boshqa choram yo`q). Siz vasf qilayotgan narsada yordam so`raladigan Zot yolg`iz Allohning O`zi», – dedi.Ва унинг ёлғон қонга бўялган кўйлагини келтирдилар. У: «Йўқ! Сизга ҳавойи нафсингиз бирор ишни зийнатлаб кўрсатибди. Энди чиройли сабр(дан бошқа чорам йўқ). Сиз васф қилаётган нарсада ёрдам сўраладиган Зот ёлғиз Аллоҳнинг Ўзи», – деди.Alauddin Mansour: Va uning (Yusufning) koʻylagini yolgʻon qonga (yaʼni, bir qoʻyni soʻyishib oʻshaning qoniga) boʻyab keltirdilar. (Shunda Yaʼqub) aytdi: «Yoʻq! Sizlarga havoyi-nafslaring biron (yomon) ishni chiroyli qilib koʻrsatgan. Endi (mening ishim) chiroyli sabr qilmoqdir. Sizlar soʻzlayotgan bu narsa (ayriliq-musibat) ustida madad soʻraladigan zot yolgʻiz Allohdir».Ва унинг (Юсуфнинг) кўйлагини ёлғон қонга (яъни, бир қўйни сўйишиб ўшанинг қонига) бўяб келтирдилар. (Шунда Яъқуб) айтди: «Йўқ! Сизларга ҳавойи-нафсларинг бирон (ёмон) ишни чиройли қилиб кўрсатган. Энди (менинг ишим) чиройли сабр қилмоқдир. Сизлар сўзлаётган бу нарса (айрилиқ-мусибат) устида мадад сўраладиган зот ёлғиз Аллоҳдир».

237-sahifa · 12-juz · 24-hizb237-саҳифа · 12-жуз · 24-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَجَآءُوva keltirdilarва келтирдиларعَلَىٰustidaустидаقَمِيصِهِۦuning koʻylagiунинг кўйлагиبِدَمٍۢqonga boʻyalganқонга бўялганكَذِبٍۢ ۚyolgʻonёлғонقَالَdediдедиبَلْyoʻq, balkiйўқ, балкиسَوَّلَتْziynatlab koʻrsatibdiзийнатлаб кўрсатибдиلَكُمْsizgaсизгаأَنفُسُكُمْhavoi nafsingizҳавои нафсингизأَمْرًۭا ۖbiror ishniбирор ишниفَصَبْرٌۭendi sabrэнди сабрجَمِيلٌۭ ۖchiroyliчиройлиوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳٱلْمُسْتَعَانُyordam soʻraladigan zotdirёрдам сўраладиган зотдирعَلَىٰborasidaборасидаمَاnarsaнарсаتَصِفُونَsiz vasf qilayotganсиз васф қилаётган
TafsirТафсир

Oʻgʻillar otalarini ishontirish maqsadida ashyoviy dalil deb, Yusufning koʻylagini yolgʻondan qonga boʻyab olib kelishdi. Ammo Allohning Paygʻambari Yaʼqub alayhissalom gap nimada ekanini tushundilar. Yusufni boʻri yemagani ham u kishiga ayon boʻldi.

«U: «Yoʻq! Sizga havoyi nafsingiz biror ishni ziynatlab koʻrsatibdi», – dedi.»

Yoʻq! Yusufni boʻri yeb ketibdi, degan gaplaringiz yolgʻon. Sizlar boshqa ish qilgansizlar. Oʻsha ishni sizga havoyi nafsingiz ziynatlab koʻrsatgan, dedilar. Soʻngra:

«Endi chiroyli sabr(dan boshqa choram yoʻq)».

Yaʼni, jigargoʻsham, kichkintoyim Yusufdan ayrilish men uchun katta musiybat, bu musiybatga sabr qilaman, xolos. Sabr qilganda ham chidamsizlik, dod-voy va turli nomunosib hollar bilan emas, balki chiroyli yoʻsinda sabr qilaman, dedilar.

Soʻngra, bunday paytlarda yordam soʻraladigan manbani ham eslatdilar:

«Siz vasf qilayotgan narsada yordam soʻraladigan Zot yolgʻiz Allohning Oʻzi».

Yaʼni, siz menga sifatlab berayotgan hodisada–Yusufning yoʻqolishida menga yagona Allohdan boshqa hech kim yordam qila olmaydi. Shuning uchun, Uning Oʻzidangina yordam soʻrayman.

Ular shunday turib tursin. Endi quduq qaʼrida qolgan Yusufdan xabar eshitaylik: