وَجَآءَتْ سَيَّارَةٌ فَأَرْسَلُوا۟ وَارِدَهُمْ فَأَدْلَىٰ دَلْوَهُۥ ۖ قَالَ يَـٰبُشْرَىٰ هَـٰذَا غُلَـٰمٌ ۚ وَأَسَرُّوهُ بِضَـٰعَةً ۚ وَٱللَّهُ عَلِيمٌۢ بِمَا يَعْمَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va yo`lovchilar kelib (quduqqa) suvchilarini yubordilar. Bas, u chelagini tashladi va: «Suyunchi beringlar! Bu bola-ku!» – dedi. Uni tijorat moli sifatida yashirib qo`ydilar. Zotan, Alloh ularning nima qilayotganlarini bilguvchi Zotdir.Ва йўловчилар келиб (қудуққа) сувчиларини юбордилар. Бас, у челагини ташлади ва: «Суюнчи беринглар! Бу бола-ку!» – деди. Уни тижорат моли сифатида яшириб қўйдилар. Зотан, Аллоҳ уларнинг нима қилаётганларини билгувчи Зотдир.Alauddin Mansour: (Yusuf quduqqa tashlanganining uchinchi kuni, u ochlikdan azoblanib yotganida) bir karvon kelib, oʻzlarining suv izlovchilarini (suv keltirgani) yuborganlarida, u chelakni (quduqqa) tashlagan edi, (suvning oʻrniga chelakka osilib Yusuf chiqdi. Shunda u): «Suyunchi beringlar, bu bola-ku!», deb yubordi. Soʻng uni sotiladigan narsalari qatori yashirib qoʻydilar. Alloh ularning qilayotgan amallarini bilib turguvchidir.(Юсуф қудуққа ташланганининг учинчи куни, у очликдан азобланиб ётганида) бир карвон келиб, ўзларининг сув изловчиларини (сув келтиргани) юборганларида, у челакни (қудуққа) ташлаган эди, (сувнинг ўрнига челакка осилиб Юсуф чиқди. Шунда у): «Суюнчи беринглар, бу бола-ку!», деб юборди. Сўнг уни сотиладиган нарсалари қатори яшириб қўйдилар. Аллоҳ уларнинг қилаётган амалларини билиб тургувчидир.
Yoʻlovchi savdo karvoni dam olish uchun Yusuf tashlangan quduqqa yaqin joyga qoʻndi. Ular suvchilarini quduqdan suv olib kelish uchun yubordilar. Bittasi quduqqa chelak tashladi. Yusufni koʻrib, quvonib ketdi:
«Suyunchi beringlar! Bu bola-ku!» – dedi».
Qarashsa, rostdanam, husn-chiroyda tengi yoʻq bir yosh bola. Savdogarning koʻngli doim tijoratda boʻladi. Nimani koʻrsa, tijoratga qoʻyishni oʻylaydi. Darhol, Yusufni ham savdoga qoʻyishga, sotib foyda olishga qaror qildilar. Yerli aholi koʻrib, bolani tanib, bizdan olib qoʻymasin, deya uni yashirib qoʻydilar. Ammo:
«Zotan, Alloh ularning nima qilayotganlarini bilguvchi Zotdir».
Bechoralar ojiz fikrlari bilan yashirincha ish yuritmoqchi boʻladilar. Bandadan yashirish mumkindir. Ammo Allohdan yashirib boʻlmaydi.