QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yusuf surasi · Oyatсураси · Оят3

نَحْنُ نَقُصُّ عَلَيْكَ أَحْسَنَ ٱلْقَصَصِ بِمَآ أَوْحَيْنَآ إِلَيْكَ هَـٰذَا ٱلْقُرْءَانَ وَإِن كُنتَ مِن قَبْلِهِۦ لَمِنَ ٱلْغَـٰفِلِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz senga ushbu Qur'onda vahiy qilgan narsamiz ila eng go`zal qissani hikoya qilurmiz. Agarchi undan oldin sen bundan bexabarlardan bo`lsang ham.Биз сенга ушбу Қуръонда ваҳий қилган нарсамиз ила энг гўзал қиссани ҳикоя қилурмиз. Агарчи ундан олдин сен бундан бехабарлардан бўлсанг ҳам.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Biz sizga ushbu Qurʼon (surasi)ni vahiy qilish bilan qissalarning eng goʻzalini soʻylab berurmiz. Holbuki (Qurʼon nozil boʻlishi)dan ilgari, siz (bu qissadan) bexabar kishilardan (biri) edingiz!(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Биз сизга ушбу Қуръон (сураси)ни ваҳий қилиш билан қиссаларнинг энг гўзалини сўйлаб берурмиз. Ҳолбуки (Қуръон нозил бўлиши)дан илгари, сиз (бу қиссадан) бехабар кишилардан (бири) эдингиз!

235-sahifa · 12-juz · 24-hizb235-саҳифа · 12-жуз · 24-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
نَحْنُBizБизنَقُصُّhikoya qilurmizҳикоя қилурмизعَلَيْكَsengaсенгаأَحْسَنَeng goʻzalэнг гўзалٱلْقَصَصِqissaniқиссаниبِمَآnarsamiz ilaнарсамиз илаأَوْحَيْنَآBiz vahiy qilganБиз ваҳий қилганإِلَيْكَsengaсенгаهَـٰذَاushbuушбуٱلْقُرْءَانَQurʼondaҚуръондаوَإِنva agarchiва агарчиكُنتَsen edingсен эдингمِن-dan-данقَبْلِهِۦundan oldinундан олдинلَمِنَalbatta, ...lardanалбатта, ...ларданٱلْغَـٰفِلِينَbexabarlarбехабарлар
TafsirТафсир

Yaʼni, Qurʼon deb nomlangan ilohiy kitobimizni vahiy ila nozil etish jarayonida eng goʻzal qissani ham senga aytib beramiz. Sen qavming ichida oʻqish-yozishni oʻrganmagan, bunaqa qissalardan xabarsiz kishilardan biri eding. Endi esa, Allohning inoyati ila bulardan xabardor boʻlasan va ularni xalqqa yetkazasan.

Shundan soʻng bevosita Yusuf alayhissalomning qissalari boshlanadi. Yusuf alayhissalom koʻrgan tushlarini otalari Yaʼqub alayhissalomga soʻzlab berayotganlarini tasvirlash bilan qissaga kiriladi:

Ey Paygʻambar!