QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yusuf surasi · Oyatсураси · Оят4

إِذْ قَالَ يُوسُفُ لِأَبِيهِ يَـٰٓأَبَتِ إِنِّى رَأَيْتُ أَحَدَ عَشَرَ كَوْكَبًا وَٱلشَّمْسَ وَٱلْقَمَرَ رَأَيْتُهُمْ لِى سَـٰجِدِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yusuf otasiga: «Ey otajonim, men o`n bitta yulduzni ham quyosh va oyni ko`rdim, ularning menga sajda qilayotganlarini ko`rdim», deganini esla.Юсуф отасига: «Эй отажоним, мен ўн битта юлдузни ҳам қуёш ва ойни кўрдим, уларнинг менга сажда қилаётганларини кўрдим», деганини эсла.Alauddin Mansour: Eslang, Yusuf otasiga degan edi: «Ey otajon, men tushimda oʻn bir yulduzni, yana quyosh va oyni koʻribman. Hammalari menga sajda qilishayotgan emish».Эсланг, Юсуф отасига деган эди: «Эй отажон, мен тушимда ўн бир юлдузни, яна қуёш ва ойни кўрибман. Ҳаммалари менга сажда қилишаётган эмиш».

235-sahifa · 12-juz · 24-hizb235-саҳифа · 12-жуз · 24-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِذْoʻshanda (esla)ўшанда (эсла)قَالَdediдедиيُوسُفُYusufЮсуфلِأَبِيهِotasigaотасигаيَـٰٓأَبَتِey otajonimэй отажонимإِنِّىalbatta, menалбатта, менرَأَيْتُkoʻrdimкўрдимأَحَدَoʻnўнعَشَرَbittaбиттаكَوْكَبًۭاyulduzniюлдузниوَٱلشَّمْسَva quyoshniва қуёшниوَٱلْقَمَرَva oyniва ойниرَأَيْتُهُمْularni koʻrdimуларни кўрдимلِىmengaменгаسَـٰجِدِينَsajda qilayotganlariniсажда қилаётганларини
TafsirТафсир

Bu tushni koʻrganda Yusuf alayhissalom yosh bola edilar. Odatda, yosh bolalar bunchalar aniq va bashoratli tush koʻrmaydilar. Yaʼqub alayhissalom yoshgina Yusufning koʻrgan tushini eshitganlarida, shu gaplar xayollaridan oʻtdi. Bu tush ulugʻ kelajakdan bashorat ekanini angladilar.

Ammo, bu bashoratdan hamma ham xursand boʻlavermasligini, jumladan, Yusufning oʻgay akalari rashk qilishlari mumkinligini hisobga olib, mushfiq otalarga xos ehtiyotkorlik bilan oʻgʻillari Yusufni ogohlantirdilar: