قَالَ يَـٰبُنَىَّ لَا تَقْصُصْ رُءْيَاكَ عَلَىٰٓ إِخْوَتِكَ فَيَكِيدُوا۟ لَكَ كَيْدًا ۖ إِنَّ ٱلشَّيْطَـٰنَ لِلْإِنسَـٰنِ عَدُوٌّ مُّبِينٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Ey o`g`ilcham, tushingni akalaringga aytmagin. Yana, ular senga biror hiyla qilmasinlar. Albatta, shayton insonga ochiq-oydin dushmandir.У: «Эй ўғилчам, тушингни акаларингга айтмагин. Яна, улар сенга бирор ҳийла қилмасинлар. Албатта, шайтон инсонга очиқ-ойдин душмандир.Alauddin Mansour: U (otasi) dedi: «Ey oʻgʻilcham, bu tushingni ogʻa-inilaringga hargiz ayta koʻrma, toki ular senga qarshi biron hiyla qilmasinlar.Chunki shayton insonga ochiq dushmandir».У (отаси) деди: «Эй ўғилчам, бу тушингни оға-иниларингга ҳаргиз айта кўрма, токи улар сенга қарши бирон ҳийла қилмасинлар.Чунки шайтон инсонга очиқ душмандир».
Yaʼni, sening tushingni eshitsalar, rashklari kelib, ularni shayton yoʻldan urib qoʻymasin va biron makr-hiyla ishlatib, senga zarar yetkazmasinlar.
Soʻngra, Yaʼqub alayhissalom soʻzlarida davom etib, yana quyidagilarni aytdilar: