وَكَذَٰلِكَ يَجْتَبِيكَ رَبُّكَ وَيُعَلِّمُكَ مِن تَأْوِيلِ ٱلْأَحَادِيثِ وَيُتِمُّ نِعْمَتَهُۥ عَلَيْكَ وَعَلَىٰٓ ءَالِ يَعْقُوبَ كَمَآ أَتَمَّهَا عَلَىٰٓ أَبَوَيْكَ مِن قَبْلُ إِبْرَٰهِيمَ وَإِسْحَـٰقَ ۚ إِنَّ رَبَّكَ عَلِيمٌ حَكِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Shunday qilib, Robbing seni tanlab oladi, senga tushlarning ta'birini o`rgatadi va senga va Ya'qub ahliga, xuddi otalaring Ibrohim va Is'hoqqa batamom qilganidek, O`z ne'matini batamom qilib beradi. Albatta, Robbing bilguvchi va hikmatli Zotdir», – dedi.Шундай қилиб, Роббинг сени танлаб олади, сенга тушларнинг таъбирини ўргатади ва сенга ва Яъқуб аҳлига, худди оталаринг Иброҳим ва Исҳоққа батамом қилганидек, Ўз неъматини батамом қилиб беради. Албатта, Роббинг билгувчи ва ҳикматли Зотдир», – деди.Alauddin Mansour: Shuningdek, (yaʼni, senga shunday ulugʻ tush koʻrishni nasib etgan kabi) Parvardigoring seni (paygʻambarlik uchun) tanlar va senga barcha tushlarning taʼbirini bildirur hamda xuddi ilgari ajdodlaring Ibrohim va Ishoqqa komil qilib bergani kabi, senga va Yaʼqubning (boshqa) farzandlariga ham, Oʻzining (paygʻambarlik) neʼmatini komil qilib berur. Albatta, Parvardigoring ilm va hikmat Sohibidir.Шунингдек, (яъни, сенга шундай улуғ туш кўришни насиб этган каби) Парвардигоринг сени (пайғамбарлик учун) танлар ва сенга барча тушларнинг таъбирини билдирур ҳамда худди илгари аждодларинг Иброҳим ва Исҳоққа комил қилиб бергани каби, сенга ва Яъқубнинг (бошқа) фарзандларига ҳам, Ўзининг (пайғамбарлик) неъматини комил қилиб берур. Албатта, Парвардигоринг илм ва ҳикмат Соҳибидир.
Allohning Paygʻambari boʻlmish Yaʼqub alayhissalom oʻgʻillari Yusuf koʻrgan tushni ana shunday taʼbir qilgan edilar. Bu tush Yusufning kelajakda bobolari Ibrohim va Ishoq alayhimassalomlar kabi Paygʻambar boʻlishidan darak berar edi. Paygʻambar boʻlguncha esa, Alloh taolo unga tushlarning taʼbirini oʻrgatadi. Bu neʼmatlar faqat Yusufning oʻzigagina emas, Yaʼqub Paygʻambar alayhissalomning bosh- qa farzandlariga ham berilishiga bashorat bor edi.
Alloh taolo bu ishlarni Oʻz ilmi va hikmati ila amalga oshiradi.