وَقَالَ ٱلْمَلِكُ ٱئْتُونِى بِهِۦٓ أَسْتَخْلِصْهُ لِنَفْسِى ۖ فَلَمَّا كَلَّمَهُۥ قَالَ إِنَّكَ ٱلْيَوْمَ لَدَيْنَا مَكِينٌ أَمِينٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Podshoh: «Uni menga keltiringlar, uni o`zimga xos kishilardan qilib olaman», – dedi. U bilan gaplashganda esa: «Albatta, sen bugungi kunda huzurimizda makonatli va ishonchli kishilardansan», – dedi.Подшоҳ: «Уни менга келтиринглар, уни ўзимга хос кишилардан қилиб оламан», – деди. У билан гаплашганда эса: «Албатта, сен бугунги кунда ҳузуримизда маконатли ва ишончли кишилардансан», – деди.Alauddin Mansour: Podshoh aytdi: «Uni huzurimga keltiringiz, oʻzimning xos kishilarimdan qilib olay». Bas, qachonki (Yusuf u bilan soʻzlashgach, «Sen bu kun bizning dargohimizda martabali, ishonchli kishidirsan», dedi.Подшоҳ айтди: «Уни ҳузуримга келтирингиз, ўзимнинг хос кишиларимдан қилиб олай». Бас, қачонки (Юсуф у билан сўзлашгач, «Сен бу кун бизнинг даргоҳимизда мартабали, ишончли кишидирсан», деди.
Podshohga Yusuf alayhissalomning pok ekanliklari maʼlum boʻlganidan soʻng, uni qamoqdan chiqarib olib kelishni amr qildi va u zotni oʻziga xos kishilardan qilib olishini aytdi:
«Podshoh: «Uni menga keltiringlar, uni oʻzimga xos kishilardan qilib olaman», – dedi».
Yusuf alayhissalomni qamoqdan chiqarib olib kelganlaridan soʻng, u kishi bilan gaplashdi va suhbat soʻngida bu qarorini u kishiga ham bildirib:
«Albatta, sen bugungi kunda xuzurimizda makonatli va ishonchli kishilardansan», – dedi».
Bu yangilik oldida Yusuf alayhissalom boshqalar kabi esankirab qolmadilar. Podshoh «hazrati oliylari»ning oyoqlariga yiqilmadilar, unga maqtov soʻzlarini ham aytmadilar, oʻzlariga koʻrsatilgan yuksak ishonchni oqlashga vaʼda ham bermadilar. Balki, obroʻlarini saqlagan hollarida podshohga qarab: