قَالَ ٱجْعَلْنِى عَلَىٰ خَزَآئِنِ ٱلْأَرْضِ ۖ إِنِّى حَفِيظٌ عَلِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Meni yerning xazinalari ustiga qo`y. Albatta, men muhofaza qiluvchi va biluvchiman», – dedi.У: «Мени ернинг хазиналари устига қўй. Албатта, мен муҳофаза қилувчи ва билувчиман», – деди.Alauddin Mansour: (Yusuf) dedi: «Meni shu yerning xazinalari ustiga qoʻygin. Chunki men (ularni) toʻla-toʻkis saqlaydigan va (toʻgʻri tasarruf qilishni) biladigan kishiman».(Юсуф) деди: «Мени шу ернинг хазиналари устига қўйгин. Чунки мен (уларни) тўла-тўкис сақлайдиган ва (тўғри тасарруф қилишни) биладиган кишиман».
Bu–oʻziga ishongan, qoʻliga olgan ishni toʻla-toʻkis ado etishga koʻzi yetgan odamning gapi. Ommaga, xalqqa qaysi joyda koʻproq foyda keltirishi mumkinligini bilgan shaxsning gapi. Yusuf alayhissalom podshohga oʻzlarini qaysi ishga qoʻyishini aytishlari bilan birga, bu ishga layoqatlari borligini ham bildirib:
«Albatta, men muhofaza qiluvchi va biluvchiman», dedilar.
Yaʼni, xazinani qanday muhofaza qilish–saqlash va uni qanday tasarruf qilishni biluvchiman, dedilar. Tush taʼbiriga koʻra, Misr oʻlkasi kelajakda xuddi shunday sifatlarni oʻzida mujassam qilgan odamga muhtoj edi. El-yurtni qiyinchiliklardan saqlash uchun Yusuf alayhissalomga oʻxshash halol-pok, omonatli, jigʻildoni va hamyonini emas, xalqni oʻylaydigan, elu ulusning gʻamini yeydigan, Allohdan qoʻrqadigan, taqvodor odam kerak edi. Yusuf alayhissalom xuddi oʻsha odam oʻzlari ekanliklarini bayon qildilar. Bu ishlarning barchasi Alloh taoloning tadbiri bilan amalga oshayotgan edi. Shuning uchun ham, Yusuf alayhissalomning podshohga aytgan:
«Meni yerning xazinalari ustiga qoʻy» degan gaplariga podshoh nima javob qilgani zikr etilmay, Alloh taoloning quyidagi soʻzlari kelmoqda: