وَكَذَٰلِكَ مَكَّنَّا لِيُوسُفَ فِى ٱلْأَرْضِ يَتَبَوَّأُ مِنْهَا حَيْثُ يَشَآءُ ۚ نُصِيبُ بِرَحْمَتِنَا مَن نَّشَآءُ ۖ وَلَا نُضِيعُ أَجْرَ ٱلْمُحْسِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Shunday qilib, Yusufga yer yuzida makonat berdik, uni o`zi xohlagan joyga yerlasha oladigan qildik. O`z rahmatimizni, kimni xohlasak, o`shanga muyassar eturmiz va go`zal amal qiluvchilarning ajrini zoye qilmasmiz.Шундай қилиб, Юсуфга ер юзида маконат бердик, уни ўзи хоҳлаган жойга ерлаша оладиган қилдик. Ўз раҳматимизни, кимни хоҳласак, ўшанга муяссар этурмиз ва гўзал амал қилувчиларнинг ажрини зое қилмасмиз.Alauddin Mansour: Shunday qilib, Yusufni (Misr) yeridan oʻzi xohlagan joyda manzil-maskan tutib yashaydigan maqomga erishtirdik. Biz fazlu marhamatimizni Oʻzimiz xohlagan kishilarga yetkazurmiz va chiroyli amal qilguvchi zotlarning ajr-mukofotini zoye qilmasmiz.Шундай қилиб, Юсуфни (Миср) еридан ўзи хоҳлаган жойда манзил-маскан тутиб яшайдиган мақомга эриштирдик. Биз фазлу марҳаматимизни Ўзимиз хоҳлаган кишиларга етказурмиз ва чиройли амал қилгувчи зотларнинг ажр-мукофотини зое қилмасмиз.
«Shunday qilib» yaʼni, Yusufning beayb ekanligini bildirib, podshohning koʻnglini unga burdik.
«Yusufga yer yuzida makonat berdik, uni oʻzi xohlagan joyga yerlasha oladigan qildik.»
Yusufning koʻngliga xazinaga omillikni soʻrab olishni soldik. Bu bilan Yusufga yer yuzida–Misr oʻlkasida yoki butun yer yuzida makonat berdik. Uni joylashtirib, turli imkoniyatlarga ega qilib qoʻydik. U oʻsha yerda xohlagan joyiga joylashadigan, xohlagan ishini qiladigan salohiyatga ega boʻldi.
«Oʻz rahmatimizni, kimni xohlasak, oʻshanga muyassar eturmiz...»
Oʻsha shaxsga qiyinchilikdan soʻng osonlik, nochorlikdan soʻng imkonlik, xavf-xatardan soʻng omonlik, xorlikdan soʻng farovonlik beramiz.
«...va goʻzal amal qiluvchilarning ajrini zoye qilmasmiz.»
Ehson qiluvchilar, Allohga iymon keltirib, unga taqvo qilib, ibodatida sobitqadam boʻluvchilar ertami-kechmi, baribir, ajrlarini olurlar. Ularning ajri hech qachon zoye boʻlmas. Bu dunyoning oʻzida koʻrajaklar.