وَلَأَجْرُ ٱلْـَٔاخِرَةِ خَيْرٌ لِّلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَكَانُوا۟ يَتَّقُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Iymon keltirgan va taqvo qilganlar uchun, albatta, oxiratdagi ajr yaxshiroq bo`lur.Иймон келтирган ва тақво қилганлар учун, албатта, охиратдаги ажр яхшироқ бўлур.Alauddin Mansour: Albatta, iymon keltirgan va taqvo egalari boʻlgan zotlar uchun Oxiratda ajr-mukofot yanada yaxshiroq boʻlur.Албатта, иймон келтирган ва тақво эгалари бўлган зотлар учун Охиратда ажр-мукофот янада яхшироқ бўлур.
Iymonli va taqvodor kishilar qilgan goʻzal amallari uchun bu dunyoning oʻzidayoq yaxshi-yaxshi ajr-mukofotlarga erishadilar, ammo ularga oxiratda beriladigan ajr-mukofotlar bundan ham yaxshiroqdir.
Shunday qilib, Yusuf alayhissalom boshlariga tushgan qiyinchiliklarga, qamoq va tuhmatlarga qaramay, goʻzal amallarini qilaverganliklarining mukofoti oʻlaroq, ulkan maqomga erishib, u yerda ham omonat bilan koʻpchilik manfaati yoʻlida xizmatlarini davom ettirib bordilar. Kunlardan bir kun: