وَجَآءَ إِخْوَةُ يُوسُفَ فَدَخَلُوا۟ عَلَيْهِ فَعَرَفَهُمْ وَهُمْ لَهُۥ مُنكِرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yusufning og`a-inilari keldilar va uning huzuriga kirdilar. Bas, u ularni tanidi. Ular esa, uni tanimadilar.Юсуфнинг оға-инилари келдилар ва унинг ҳузурига кирдилар. Бас, у уларни таниди. Улар эса, уни танимадилар.Alauddin Mansour: Yusufning ogʻa-inilari (Misrga) kelishib, uning huzuri kirganlarida, ularni tanidi. Ular esa (Yusuf)ni tanimagan edilar.Юсуфнинг оға-инилари (Мисрга) келишиб, унинг ҳузури кирганларида, уларни таниди. Улар эса (Юсуф)ни танимаган эдилар.
Keyingi oyatlardan Yusuf alayhissalomning akalari taom izlab kelishgani maʼlum boʻladi. Yetti yillik qahatchilik tufayli ularning yurti Kanʼonga ham ocharchilik yetgan edi. Yusuf alayhissalomning husni tadbirlari va Alloh bergan imkonlarni ishga solishlari tufayli Misr ahli bu qahatchilikdan katta zarar koʻrmadi. Hatto, boshqa oʻlkalar ulardan oziq-ovqat borasida yordam soʻrab kela boshladi. Misrda oziq-ovqat serobligini eshitib, Yusuf alayhissalomning ogʻa-inilari ham shu yoqqa kelishdi.
«Yusufning ogʻa-inilari keldilar.»
Tabiiyki, yordam soʻrovchilar dastlab shu ishning boshida turgan birinchi shaxs–Yusuf alayhissalomga uchrashlari lozim. Shuning uchun:
«Uning huzuriga kirdilar. Bas, u ularni tanidi».
Chunki, doim ular haqida soʻrab-surishtirib turar edilar. Xususan, davlatning katta mansabiga oʻtirganlaridan soʻng, bunga imkonlari koʻpaygan boʻlishi turgan gap. Soʻngra, Yusuf alayhissalomdek maqom egasi huzuriga uzoqdan kelgan mehmonlarni kiritishdan oldin saroy xizmatchilari ularning kimligini, maqsadlarini, qayerdan kelganliklarini soʻrab-surishtiradilar va bu haqda rahbarga xabar beradilar. Shu tufayli, ogʻa-inilarini tanish Yusuf alayhissalom uchun qiyin boʻlmadi.
«Ular esa, uni tanimadilar.»
Chunki, uni quduqqa tashlaganlaridan soʻng: oʻldi, uni boʻri yeb ketdi, deb eʼlon qilishgan edi. Shu sababli, uni nafaqat oʻzlari, balki boshqalar ham unutib yuborishini xohlar edilar va unutib yuborgan edilar ham. Ularning bundan keyingi muomalalari ham shu holatda kechadi. Yaʼni, Yusuf alayhissalom hammani tanib-bilib muomala qiladilar, ogʻa-inilari esa, bilmasdan.
Ularni tanib turib, yaxshi qabul qilib, mehmondoʻstlik koʻrsatib, ulardan oʻzlariga kerakli maʼlumotlarni bilib olgan Yusuf alayhissalom: