QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yusuf surasi · Oyatсураси · Оят59

وَلَمَّا جَهَّزَهُم بِجَهَازِهِمْ قَالَ ٱئْتُونِى بِأَخٍ لَّكُم مِّنْ أَبِيكُمْ ۚ أَلَا تَرَوْنَ أَنِّىٓ أُوفِى ٱلْكَيْلَ وَأَنَا۠ خَيْرُ ٱلْمُنزِلِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularning jihozlarini yuklagan vaqtda: «Mening huzurimga ota bir iningizni olib keling. Ko`rayapsizlarmi? Men o`lchovni to`la qilmoqdaman va men eng yaxshi mezbonman.Уларнинг жиҳозларини юклаган вақтда: «Менинг ҳузуримга ота бир инингизни олиб келинг. Кўраяпсизларми? Мен ўлчовни тўла қилмоқдаман ва мен энг яхши мезбонман.Alauddin Mansour: Qachonki ularning hojatlarini ravon qilgach, (Yusuf) dedi: «Oʻsha ota bir boʻlgan inilaringizni mening huzurimga keltiringiz. Axir men sizlarga eng yaxshi mezbon boʻlib, (don-dunlarni) toʻla qilib oʻlchab berayotganimni koʻrmayapsizlarmi?Қачонки уларнинг ҳожатларини равон қилгач, (Юсуф) деди: «Ўша ота бир бўлган иниларингизни менинг ҳузуримга келтирингиз. Ахир мен сизларга энг яхши мезбон бўлиб, (дон-дунларни) тўла қилиб ўлчаб бераётганимни кўрмаяпсизларми?

242-sahifa · 13-juz · 25-hizb242-саҳифа · 13-жуз · 25-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَمَّاva vaqtdaва вақтдаجَهَّزَهُمularni jihozlab berganуларни жиҳозлаб берганبِجَهَازِهِمْjihozlari bilanжиҳозлари биланقَالَdediдедиٱئْتُونِىmening huzurimga olib kelingменинг ҳузуримга олиб келингبِأَخٍۢbir iningizniбир инингизниلَّكُمsizlarningсизларнингمِّنْ-dan-данأَبِيكُمْ ۚotangizотангизأَلَاaxirахирتَرَوْنَkoʻrayapsizlarmiкўраяпсизлармиأَنِّىٓalbatta, menалбатта, менأُوفِىtoʻla qilmoqdamanтўла қилмоқдаманٱلْكَيْلَoʻlchovniўлчовниوَأَنَا۠va menва менخَيْرُeng yaxshisimanэнг яхшисиманٱلْمُنزِلِينَmezbonlarningмезбонларнинг
TafsirТафсир

Ogʻa-inilarini yaxshilab mehmon qilib, suhbat davomida ulardan kerakli gaplarni bilib olgan Yusuf alayhissalom ularga soʻragan narsalarini–oziq-ovqatni ham berdilar. Joʻnab ketishlaridan oldin, mollarini yuklash, yoʻlga tayyorgarlik koʻrish paytida, yanagi safar ota bir inilarini ham olib kelishni tayinladilar. Agar uni olib kelsalar, ular uchun yaxshi boʻlishini taʼkidlab, oʻlchovni toʻla qilayotganlari va mezbonlikni yaxshilab joyiga qoʻyayotganlarini eslatdilar. Shu bilan, oʻsha ota bir iningizni birga olib kelsangiz, yana toʻla oʻlchovda kerakli narsa olasiz va yaxshi mehmon boʻlasiz, demoqchi boʻldilar. Aksincha boʻlsa, ularga hech narsa oʻlchab berilmasligini va oʻzlariga yaqin kela olmasliklarini ham taʼkidlab qoʻydilar.