QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yusuf surasi · Oyatсураси · Оят60

فَإِن لَّمْ تَأْتُونِى بِهِۦ فَلَا كَيْلَ لَكُمْ عِندِى وَلَا تَقْرَبُونِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar uni huzurimga olib kelmasangiz, unda sizga mening dargohimda o`lchab berish yo`q va menga yaqin ham kelmanglar», – dedi.Агар уни ҳузуримга олиб келмасангиз, унда сизга менинг даргоҳимда ўлчаб бериш йўқ ва менга яқин ҳам келманглар», – деди.Alauddin Mansour: Endi agar uni mening huzurimga olib kelmasangizlar (yaʼni, meni aldasangizlar), u holda mening dargohimda — sizlar uchun bir qadoq ham narsa yoʻqdir, mening oldimga yaqin kelmay qoʻya qolinglar».Энди агар уни менинг ҳузуримга олиб келмасангизлар (яъни, мени алдасангизлар), у ҳолда менинг даргоҳимда — сизлар учун бир қадоқ ҳам нарса йўқдир, менинг олдимга яқин келмай қўя қолинглар».

242-sahifa · 13-juz · 25-hizb242-саҳифа · 13-жуз · 25-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَإِنbas, agarбас, агарلَّمْemasэмасتَأْتُونِىmenga keltirsangizменга келтирсангизبِهِۦuniуниفَلَاunda yoʻqунда йўқكَيْلَoʻlchab berishўлчаб беришلَكُمْsizlargaсизларгаعِندِىmening dargohimdaменинг даргоҳимдаوَلَاva emasва эмасتَقْرَبُونِmenga yaqin kelmanglarменга яқин келманглар
TafsirТафсир

Ogʻa-inilarini yaxshilab mehmon qilib, suhbat davomida ulardan kerakli gaplarni bilib olgan Yusuf alayhissalom ularga soʻragan narsalarini–oziq-ovqatni ham berdilar. Joʻnab ketishlaridan oldin, mollarini yuklash, yoʻlga tayyorgarlik koʻrish paytida, yanagi safar ota bir inilarini ham olib kelishni tayinladilar. Agar uni olib kelsalar, ular uchun yaxshi boʻlishini taʼkidlab, oʻlchovni toʻla qilayotganlari va mezbonlikni yaxshilab joyiga qoʻyayotganlarini eslatdilar. Shu bilan, oʻsha ota bir iningizni birga olib kelsangiz, yana toʻla oʻlchovda kerakli narsa olasiz va yaxshi mehmon boʻlasiz, demoqchi boʻldilar. Aksincha boʻlsa, ularga hech narsa oʻlchab berilmasligini va oʻzlariga yaqin kela olmasliklarini ham taʼkidlab qoʻydilar.