قَالُوا۟ سَنُرَٰوِدُ عَنْهُ أَبَاهُ وَإِنَّا لَفَـٰعِلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Uni otasidan so`rab olib kelishga urinamiz. Biz buni, albatta, qiluvchimiz», – dedilar.Улар: «Уни отасидан сўраб олиб келишга уринамиз. Биз буни, албатта, қилувчимиз», – дедилар.Alauddin Mansour: Ular: «Otasidan u(ni biz bilan qoʻshib yuborishi) haqida oʻtinib soʻraymiz. Albatta, bizlar (shunday) qilguvchimiz», dedilar.Улар: «Отасидан у(ни биз билан қўшиб юбориши) ҳақида ўтиниб сўраймиз. Албатта, бизлар (шундай) қилгувчимиз», дедилар.
Yaʼni, ular oʻsha ota bir inilarini olib kelish oʻzlariga bogʻliq emasligini anglatdilar. Otasidan soʻrab koʻramiz, dedilar. Ammo bu ishga alohida ahamiyat berishlarini taʼkidlab: «Biz buni, albatta, qiluvchimiz», – dedilar». Shunda Yusuf alayhissalom: