QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yusuf surasi · Oyatсураси · Оят62

وَقَالَ لِفِتْيَـٰنِهِ ٱجْعَلُوا۟ بِضَـٰعَتَهُمْ فِى رِحَالِهِمْ لَعَلَّهُمْ يَعْرِفُونَهَآ إِذَا ٱنقَلَبُوٓا۟ إِلَىٰٓ أَهْلِهِمْ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U o`z yigitlariga: «Ularning sarmoyalarini yuklari ichiga solib qo`yinglar. Shoyad, ular ahllariga borganlarida bularni tanib, qaytib kelsalar», – dedi.У ўз йигитларига: «Уларнинг сармояларини юклари ичига солиб қўйинглар. Шояд, улар аҳлларига борганларида буларни таниб, қайтиб келсалар», – деди.Alauddin Mansour: (Yusuf oʻzining tarozibon) yigitlariga buyurdi: «Ularning (donga almashtirish uchun) keltirgan narsalarini yuklarining ichiga (qaytarib) solib qoʻyinglar. Shoyad uylariga qaytgan vaqtlarida, u narsalarini tanib qolib yana qaytib kelsalar, ajab emas».(Юсуф ўзининг тарозибон) йигитларига буюрди: «Уларнинг (донга алмаштириш учун) келтирган нарсаларини юкларининг ичига (қайтариб) солиб қўйинглар. Шояд уйларига қайтган вақтларида, у нарсаларини таниб қолиб яна қайтиб келсалар, ажаб эмас».

242-sahifa · 13-juz · 25-hizb242-саҳифа · 13-жуз · 25-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقَالَva dediва дедиلِفِتْيَـٰنِهِoʻz yigitlarigaўз йигитларигаٱجْعَلُوا۟solib qoʻyinglarсолиб қўйингларبِضَـٰعَتَهُمْsarmoyalariniсармоялариниفِىichigaичигаرِحَالِهِمْyuklariюклариلَعَلَّهُمْshoyadki ularшоядки уларيَعْرِفُونَهَآuni tanib olsalarуни таниб олсаларإِذَاqachonkiқачонкиٱنقَلَبُوٓا۟qaytib borganlaridaқайтиб борганларидаإِلَىٰٓ-ga-гаأَهْلِهِمْahllariаҳллариلَعَلَّهُمْshoyadki ularшоядки уларيَرْجِعُونَqaytib kelsalarқайтиб келсалар
TafsirТафсир

Bu gapdan Yusuf alayhissalomning ogʻa-inilari matoh ayirboshlash uchun oʻsha vaqtning pulidan tashqari, yurtlaridagi mahsulotlardan ham olib kelganlari maʼlum boʻladi.

Ular shu sarmoyalarga Misrdan oziq-ovqat mahsulotlari sotib olib ketishni qasd qilgan edilar. Yusuf alayhissalom oʻsha keltirgan sarmoya mahsulotlariga yarasha oziq-ovqatni oʻlchab berdilar. Endi esa, xizmatchi yigitlariga:

«Ularning sarmoyalarini yuklari ichiga solib qoʻyinglar», demoqdalar.

Bu ham mehmonga hurmat, saxiylik alomati. Shu bilan birga, bu ishni qilishda Yusuf alayhissalom boshqa bir maqsadni ham koʻzlagan edilar:

«Shoyad, ular ahllariga borganlarida bularni tanib, qaytib kelsalar».

Yaʼni, sarmoyalarini oʻzlariga qaytarib berishlik ularda Misrga yana qaytib kelishga ragʻbat uygʻotsa.

Darhaqiqat, shunday ham boʻlib chiqdi.