QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yusuf surasi · Oyatсураси · Оят63

فَلَمَّا رَجَعُوٓا۟ إِلَىٰٓ أَبِيهِمْ قَالُوا۟ يَـٰٓأَبَانَا مُنِعَ مِنَّا ٱلْكَيْلُ فَأَرْسِلْ مَعَنَآ أَخَانَا نَكْتَلْ وَإِنَّا لَهُۥ لَحَـٰفِظُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Otalari huzuriga qaytib borganlarida: «Ey otamiz, bizga o`lchab berish man etildi. Biz bilan inimizni yubor, o`lchab olamiz va, albatta, biz uni muhofaza qiluvchilarmiz», – dedilar.Оталари ҳузурига қайтиб борганларида: «Эй отамиз, бизга ўлчаб бериш ман этилди. Биз билан инимизни юбор, ўлчаб оламиз ва, албатта, биз уни муҳофаза қилувчилармиз», – дедилар.Alauddin Mansour: Endi qachonki ular otalarining oldiga qaytib kelishgach, dedilar: «Ey ota, (bundan keyin) bizlarga oziq-ovqat berilmaydigan boʻldi. Faqat biz bilan birga inimizni ham yuborsanggina oziq-ovqat ola bilamiz. Bizlar albatta uni muhofaza qilguvchimiz».Энди қачонки улар оталарининг олдига қайтиб келишгач, дедилар: «Эй ота, (бундан кейин) бизларга озиқ-овқат берилмайдиган бўлди. Фақат биз билан бирга инимизни ҳам юборсанггина озиқ-овқат ола биламиз. Бизлар албатта уни муҳофаза қилгувчимиз».

242-sahifa · 13-juz · 25-hizb242-саҳифа · 13-жуз · 25-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَلَمَّاbas, vaqtdaбас, вақтдаرَجَعُوٓا۟qaytib borganlaridaқайтиб борганларидаإِلَىٰٓ-ga-гаأَبِيهِمْotalariоталариقَالُوا۟dedilarдедиларيَـٰٓأَبَانَاey otamizэй отамизمُنِعَman etildiман этилдиمِنَّاbizdanбизданٱلْكَيْلُoʻlchab berishўлчаб беришفَأَرْسِلْbas, yuborбас, юборمَعَنَآbiz bilanбиз биланأَخَانَاinimizniинимизниنَكْتَلْoʻlchab olamizўлчаб оламизوَإِنَّاva albatta, bizва албатта, бизلَهُۥuniуниلَحَـٰفِظُونَalbatta, muhofaza qiluvchilarmizалбатта, муҳофаза қилувчилармиз
TafsirТафсир

Koʻrinishidan, Yaʼqub alayhissalomning yurtida oziq-ovqat masalasi oʻta muhim muammoga aylangan, hammaning fikri-zikri shu masalani hal etishga qaratilganga oʻxshaydi. Shuning uchun, uzoq safardan qaytgan oʻgʻillar olib kelgan yuklarini ochmay turib, boshqa masalalarga eʼtibor ham bermasdan, yana orqaga qaytib, oziq-ovqat olib kelish choralarini izlamoqdalar va gapni shundan boshlamoqdalar. Ular, agar endi ukalarini birga olib bormasalar, oziq-ovqat oʻlchab berish man qilinishining xabarini bermoqdalar. Ehtimol, shu yoʻl bilan otalarini koʻndirish oson, deb oʻylashgandir.

Yana buning orqasidan:

«albatta, biz uni muhofaza qiluvchilarmiz», deb vaʼda ham bermoqdalar.

Oʻgʻillaridan bu gapni eshitgan Yaʼqub alayhissalom quyidagi javobni berdilar.