قَالَ هَلْ ءَامَنُكُمْ عَلَيْهِ إِلَّا كَمَآ أَمِنتُكُمْ عَلَىٰٓ أَخِيهِ مِن قَبْلُ ۖ فَٱللَّهُ خَيْرٌ حَـٰفِظًا ۖ وَهُوَ أَرْحَمُ ٱلرَّٰحِمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Uni sizlarga xuddi akasini ishonganimdek ishonib topshiraymi? Allohning O`zi eng yaxshi muhofazachi va Uning O`zi rahimlilarning eng rahimligidir», – dedi.У: «Уни сизларга худди акасини ишонганимдек ишониб топширайми? Аллоҳнинг Ўзи энг яхши муҳофазачи ва Унинг Ўзи раҳимлиларнинг энг раҳимлигидир», – деди.Alauddin Mansour: (Yaʼqub) dedi: «Men uni sizlarga ishonmayman. Magar ilgari uning birodarini ishonganimdek ishonaman (yaʼni, oʻshanda ham menga bergan vaʼdalaringizga xiyonat qilgan edingiz. Demak, men sizlarga uning inisini ham ishonib topshirolmayman. Lekin men yolgʻiz Allohning saqlashiga ishonaman, xolos). Zotan, Alloh eng yaxshi saqlaguvchidir va U zot mehribonlarning mehribonrogʻidir».(Яъқуб) деди: «Мен уни сизларга ишонмайман. Магар илгари унинг биродарини ишонганимдек ишонаман (яъни, ўшанда ҳам менга берган ваъдаларингизга хиёнат қилган эдингиз. Демак, мен сизларга унинг инисини ҳам ишониб топширолмайман. Лекин мен ёлғиз Аллоҳнинг сақлашига ишонаман, холос). Зотан, Аллоҳ энг яхши сақлагувчидир ва У зот меҳрибонларнинг меҳрибонроғидир».
Sizga ishonib, uning akasi Yusufni topshirgan edim, nima boʻldi. Endi bunisini ham sizga topshiraymi? Siz yaxshi muhofaza qilamiz, saqlaymiz, deb vaʼda bermoqdasiz. Menga vaʼdangizning keragi ham yoʻq, men bu vaʼdaga ishonmayman ham. Avvalo, bolamni Allohning Oʻzi saqlasin, Uning Oʻzi rahim qilsin.
«Allohning Oʻzi eng yaxshi muhofazachi va Uning Oʻzi rahimlilarning eng rahimligidir.»
Otalaridan bu gapni eshitgan oʻgʻillar borib, yuklarini ochdilar.