وَلَمَّا فَتَحُوا۟ مَتَـٰعَهُمْ وَجَدُوا۟ بِضَـٰعَتَهُمْ رُدَّتْ إِلَيْهِمْ ۖ قَالُوا۟ يَـٰٓأَبَانَا مَا نَبْغِى ۖ هَـٰذِهِۦ بِضَـٰعَتُنَا رُدَّتْ إِلَيْنَا ۖ وَنَمِيرُ أَهْلَنَا وَنَحْفَظُ أَخَانَا وَنَزْدَادُ كَيْلَ بَعِيرٍ ۖ ذَٰلِكَ كَيْلٌ يَسِيرٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yuklarini ochgan paytda, sarmoyalarining o`zlariga qaytarilganini bildilar. «Ey otamiz, yana nima istaymiz? Mana, sarmoyalarimiz o`zimizga qaytarilibdi. Yana ahlimizga zod keltirurmiz, ukamizni muhofaza qilib, bir tuya ziyoda (yuk) o`lchovi olamiz. Bu ozgina o`lchovdir», – dedilar.Юкларини очган пайтда, сармояларининг ўзларига қайтарилганини билдилар. «Эй отамиз, яна нима истаймиз? Мана, сармояларимиз ўзимизга қайтарилибди. Яна аҳлимизга зод келтирурмиз, укамизни муҳофаза қилиб, бир туя зиёда (юк) ўлчови оламиз. Бу озгина ўлчовдир», – дедилар.Alauddin Mansour: Qachonki ular (olib kelgan) yuklarini ochib koʻrishgach, (oziq-ovqatga almashtirib kelish uchun olib borgan) narsalarini oʻzlariga qaytarilganini koʻrib dedilar: «Ey ota, mana narsalarimiz oʻzimizga qaytarilibdi. Yana nimani istaymiz?» (Endi sen bizlarga inimizni ham qoʻshib yuborsang), yana oilamizga oziq-ovqat keltirurmiz, inimizni muhofaza qilib (borib kelurmiz) va (inimiz uchun ham) bir tuya yukni ortiqroq olurmiz. Bu (misrlik saxiy hokim nazdida) ozgina narsadir».Қачонки улар (олиб келган) юкларини очиб кўришгач, (озиқ-овқатга алмаштириб келиш учун олиб борган) нарсаларини ўзларига қайтарилганини кўриб дедилар: «Эй ота, мана нарсаларимиз ўзимизга қайтарилибди. Яна нимани истаймиз?» (Энди сен бизларга инимизни ҳам қўшиб юборсанг), яна оиламизга озиқ-овқат келтирурмиз, инимизни муҳофаза қилиб (бориб келурмиз) ва (инимиз учун ҳам) бир туя юкни ортиқроқ олурмиз. Бу (мисрлик сахий ҳоким наздида) озгина нарсадир».
Ular yuklarini ochib, sarmoyalarining oʻzlariga qaytarilganini koʻrganlarida, Yusuf alayhissalom kutgan holat yuzaga keldi. Misrga kichik oʻgʻilni yuborishga koʻnmay turgan otalarini koʻndirish uchun qaytib kelgan sarmoyalarini roʻkach qila boshladilar:
«Yuklarini ochgan paytda, sarmoyalarining oʻzlariga qaytarilganini bildilar. Ey otamiz, yana nima istaymiz? Mana, sarmoyalarimiz oʻzimizga qaytarilibdi».
Bundan boshqa yana nima kerak oʻzi? Har birimizga oziq-ovqatni toʻla oʻlchab bergan boʻlsa, yana sarmoyalarimizni ham olmasdan, qaytarib solib qoʻygan boʻlsa. Sen esa, ukamizni bizga qoʻshib berishga koʻnmay oʻtiribsan. Agar qoʻshib bersang, biz Misrga borib:
«Yana ahlimizga zod keltirurmiz».
Zoddan murod, oziq-ovqatdir.
«...ukamizni muhofaza qilib, bir tuya ziyoda (yuk) oʻlchovi olamiz.»
Yaʼni, qoʻrqmay ukamizni bizga qoʻshib yuboraver, biz, albatta, ukamizni muhofaza qilamiz va uni olib borganimiz uchun avvalgidan bir tuya ziyoda oziq-ovqatga ega boʻlamiz.
«Bu ozgina oʻlchovdir», – dedilar.»
Yaʼni, yana bir tuya oziq-ovqatni oʻlchab berish Misrdagi sahiy zot uchun hech narsa emas, ozgina oʻlchov, xolos.
Ularning bu gaplaridan Yusuf alayhissalomning oziq-ovqat tanqis chogʻlarida tejamkorlik siyosati yurgazganliklari koʻrinib turibdi. Oʻzga yurtlardan kelganlarga xohlaganlaricha emas, balki faqat bir tuyaga yuk boʻladigan miqdordagina oziq-ovqat sotar ekanlar.
Ushbu hujjatlar va yolvorishlar qarshisida Yaʼqub alayhissalom ham yumshadilar. Oʻgʻillariga qarab: