قَالَ لَنْ أُرْسِلَهُۥ مَعَكُمْ حَتَّىٰ تُؤْتُونِ مَوْثِقًا مِّنَ ٱللَّهِ لَتَأْتُنَّنِى بِهِۦٓ إِلَّآ أَن يُحَاطَ بِكُمْ ۖ فَلَمَّآ ءَاتَوْهُ مَوْثِقَهُمْ قَالَ ٱللَّهُ عَلَىٰ مَا نَقُولُ وَكِيلٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Toki menga, albatta huzurimga qayta keltirishingiz haqida Allohdan vasiyqa bermaguningizcha, uni zinhor siz ila yubormasman. Magar (halokatga) o`ralib qolsangiz, boshqa gap», – dedi. Unga vasiyqalarini berganlarida, u: «Aytgan gaplarimizga Alloh vakildir», – dedi.У: «Токи менга, албатта ҳузуримга қайта келтиришингиз ҳақида Аллоҳдан васийқа бермагунингизча, уни зинҳор сиз ила юбормасман. Магар (ҳалокатга) ўралиб қолсангиз, бошқа гап», – деди. Унга васийқаларини берганларида, у: «Айтган гапларимизга Аллоҳ вакилдир», – деди.Alauddin Mansour: Yaʼqub aytdi: «Agar (qaroqchilar yo boshqa toʻsiqlarga duch kelib) magʻlub boʻlib, halokatga uchramasangizlar, albatta uni (Binyaminni) mening oldimga keltirishingiz haqida Allohdan vasiqa keltirmasangizlar, (yaʼni, Alloh nomiga qasam ichmasangizlar) uni hargiz sizlar bilan birga yubormasman. Endi qachonki unga oʻz ahd-paymonlarini berishgach (Yaʼqub): «Bu aytayotgan gaplarimizga Alloh vakil-guvohdir», dedi.Яъқуб айтди: «Агар (қароқчилар ё бошқа тўсиқларга дуч келиб) мағлуб бўлиб, ҳалокатга учрамасангизлар, албатта уни (Биняминни) менинг олдимга келтиришингиз ҳақида Аллоҳдан васиқа келтирмасангизлар, (яъни, Аллоҳ номига қасам ичмасангизлар) уни ҳаргиз сизлар билан бирга юбормасман. Энди қачонки унга ўз аҳд-паймонларини беришгач (Яъқуб): «Бу айтаётган гапларимизга Аллоҳ вакил-гувоҳдир», деди.
Yusuf alayhissalomni akalariga ishonib topshirib pand yegan Yaʼqub alayhissalom bu safar ishni puxtaroq qildilar. Kichik oʻgʻilni akalariga qoʻshib Misrga yuborishdan oldin ularga ogʻir shart qoʻydilar.
«U: «Toki menga, albatta huzurimga qayta keltirishingiz haqida Allohdan vasiyqa bermaguningizcha, uni zinhor siz ila yubormasman.»
Yaʼqub alayhissalom katta oʻgʻillariga ukalarini qaytarib olib kelishga vaʼda berib, Alloh nomiga qasam ichmasalar, uni zinhor qoʻshib yubormasliklarini taʼkidladilar. Shu bilan birga, hamma narsani tushungan, anglab yetgan inson sifatida:
«Magar (halokatga) oʻralib qolsangiz, boshqa gap», dedilar.
Yaʼni, unday holatda maʼzursizlar.
Demak, oʻgʻillar «Agar halokatga uchrab noiloj qolmasak, albatta, ukamizni sogʻ-salomat qaytarib olib kelamiz» deb Allohning nomi ila qasam ichishlari kerak edi. Ular ukalarini muhofaza qilish uchun qoʻllaridan keladigan barcha chorani koʻrishga qasam ichishlari kerak edi. Oʻgʻillar bu shartni bajardilar. Ular:
«Unga vasiyqalarini berganlarida, u: «Aytgan gaplarimizga Alloh vakildir», – dedi».
Bu bilan Yaʼqub alayhissalom oradagi vaʼdaning ahamiyatini yana bir bor taʼkidlab qoʻydilar. Soʻngra, oʻgʻillariga baʼzi nasihatlar qildilar.