وَقَالَ يَـٰبَنِىَّ لَا تَدْخُلُوا۟ مِنۢ بَابٍ وَٰحِدٍ وَٱدْخُلُوا۟ مِنْ أَبْوَٰبٍ مُّتَفَرِّقَةٍ ۖ وَمَآ أُغْنِى عَنكُم مِّنَ ٱللَّهِ مِن شَىْءٍ ۖ إِنِ ٱلْحُكْمُ إِلَّا لِلَّهِ ۖ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ ۖ وَعَلَيْهِ فَلْيَتَوَكَّلِ ٱلْمُتَوَكِّلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Ey o`g`illarim, bitta eshikdan kirmanglar, turli eshiklardan kiringlar. Men sizlardan Allohning hech narsasini qaytara olmayman. Hukm qilish faqat Allohning O`ziga xosdir. Ungagina tavakkal qildim. Tavakkal qilguvchilar faqat Ungagina tavakkal qilsinlar», – dedi.У: «Эй ўғилларим, битта эшикдан кирманглар, турли эшиклардан киринглар. Мен сизлардан Аллоҳнинг ҳеч нарсасини қайтара олмайман. Ҳукм қилиш фақат Аллоҳнинг Ўзига хосдир. Унгагина таваккал қилдим. Таваккал қилгувчилар фақат Унгагина таваккал қилсинлар», – деди.Alauddin Mansour: (Soʻng ularni safarga kuzatar ekan), aytdi: «Ey oʻgʻillarim (Misrga) bir darvozadan kirmanglar, balki boshqa-boshqa darvozalardan kiringlar! Men sizlardan Allohning biron hukmini qaytara olmayman. Hukm yolgʻiz Allohning izmidadir. Men faqat U zotning oʻziga tavakkul qilganman-suyanganman. Barcha tavakkul qilguvchilar Uning Oʻzigagina tavakkul qilsinlar-suyansinlar».(Сўнг уларни сафарга кузатар экан), айтди: «Эй ўғилларим (Мисрга) бир дарвозадан кирманглар, балки бошқа-бошқа дарвозалардан киринглар! Мен сизлардан Аллоҳнинг бирон ҳукмини қайтара олмайман. Ҳукм ёлғиз Аллоҳнинг измидадир. Мен фақат У зотнинг ўзига таваккул қилганман-суянганман. Барча таваккул қилгувчилар Унинг Ўзигагина таваккул қилсинлар-суянсинлар».
Yaʼqub alayhissalom oʻgʻillariga manzilga yetganlarida shaharga bir eshikdan emas, boʻlinib, turli eshiklardan kirishlarini nasihat qildilar.
«U: «Ey oʻgʻillarim, bitta eshikdan kirmanglar, turli eshiklardan kiringlar», dedi.
Ul zot Allohning belgilagan taqdirini oʻzgartirib boʻlmasligini yaxshi bilar edilar. Shuning uchun ham, soʻzlari davomida:
«Men sizlardan Allohning hech narsasini qaytara olmayman», dedilar.
Yaʼni, Alloh sizlarga taqdir qilgan biror narsani oʻzgartira olmayman, demoqdalar. Soʻngra umumiy qoidani eslatib:
«Hukm qilish faqat Allohning Oʻziga xosdir», dedilar.
Yaʼni, bu dunyodagi hamma ishlar faqat Allohning hukmi ila boʻladi. Boshqaning hukmi bilan emas. Shuning uchun ham, men faqat:
«Ungagina tavakkal qildim».
Ungagina suyandim, Undan oʻzgaga suyanmadim.
«Tavakkal qilguvchilar faqat Ungagina tavakkal qilsinlar.»
Yaʼqub alayhissalom shuncha narsani bilib turib, yana oʻgʻillariga bir eshikdan emas, turli eshiklardan kiringlar, deyishlarining sababi kelasi oyatda bayon qilinadi: