QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yusuf surasi · Oyatсураси · Оят68

وَلَمَّا دَخَلُوا۟ مِنْ حَيْثُ أَمَرَهُمْ أَبُوهُم مَّا كَانَ يُغْنِى عَنْهُم مِّنَ ٱللَّهِ مِن شَىْءٍ إِلَّا حَاجَةً فِى نَفْسِ يَعْقُوبَ قَضَىٰهَا ۚ وَإِنَّهُۥ لَذُو عِلْمٍ لِّمَا عَلَّمْنَـٰهُ وَلَـٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Otalari amr etgan tomondan kirdilar. Zotan, bu ulardan Allohning hech bir narsasini qaytara olmas edi. Magar, Ya'qubning ko`nglidagi ehtiyoj bo`lib, uni qondirdi, xolos. Albatta, u Biz ta'lim berganimiz tufayli bilim sohibi edi. Lekin ko`pchilik odamlar bilmaslar.Оталари амр этган томондан кирдилар. Зотан, бу улардан Аллоҳнинг ҳеч бир нарсасини қайтара олмас эди. Магар, Яъқубнинг кўнглидаги эҳтиёж бўлиб, уни қондирди, холос. Албатта, у Биз таълим берганимиз туфайли билим соҳиби эди. Лекин кўпчилик одамлар билмаслар.Alauddin Mansour: Ular otalari buyurgan taraflardan (Misrga) kirishlari ulardan Allohning biron hukmini qaytaruvchi emasdir. (Bu) faqat Yaʼqubning dilidagi (farzandlariga nisbatan mehr-shafqatdan paydo boʻlgan) bir ehtiyoj ediki, u oʻzining shu ehtiyojini qondirgan edi, xolos. Zotan, u Biz (vahiy orqali) bergan taʼlimimiz sababli chuqur bilim egasidir. Lekin odamlarning koʻpi (buni) bilmaydilar.Улар оталари буюрган тарафлардан (Мисрга) киришлари улардан Аллоҳнинг бирон ҳукмини қайтарувчи эмасдир. (Бу) фақат Яъқубнинг дилидаги (фарзандларига нисбатан меҳр-шафқатдан пайдо бўлган) бир эҳтиёж эдики, у ўзининг шу эҳтиёжини қондирган эди, холос. Зотан, у Биз (ваҳий орқали) берган таълимимиз сабабли чуқур билим эгасидир. Лекин одамларнинг кўпи (буни) билмайдилар.

243-sahifa · 13-juz · 25-hizb243-саҳифа · 13-жуз · 25-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَمَّاva vaqtdaва вақтдаدَخَلُوا۟kirdilarкирдиларمِنْ-dan-данحَيْثُtomonтомонأَمَرَهُمْularga amr etganуларга амр этганأَبُوهُمotalariоталариمَّاemasэмасكَانَediэдиيُغْنِىqaytara olarқайтара оларعَنْهُمulardanуларданمِّنَ-ning-нингٱللَّهِAllohАллоҳمِنhech birҳеч бирشَىْءٍnarsasiniнарсасиниإِلَّاmagarмагарحَاجَةًۭehtiyoj boʻlibэҳтиёж бўлибفِى-da-даنَفْسِkoʻngliкўнглиيَعْقُوبَYaʼqubningЯъқубнингقَضَىٰهَا ۚuni qondirdiуни қондирдиوَإِنَّهُۥva albatta, uва албатта, уلَذُوalbatta, sohibi ediалбатта, соҳиби эдиعِلْمٍۢbilimбилимلِّمَا...i tufayli...и туфайлиعَلَّمْنَـٰهُBiz unga taʼlim berganimizБиз унга таълим берганимизوَلَـٰكِنَّlekinлекинأَكْثَرَkoʻpchiligiкўпчилигиٱلنَّاسِodamlarningодамларнингلَاemasэмасيَعْلَمُونَbilmaslarбилмаслар
TafsirТафсир

Yaʼni, oʻgʻillar koʻzlagan manzilga yetib borganlarida otalari nasihatiga amal qilib, hammalari bir eshikdan emas, turli-turli eshiklardan kirdilar.

«Otalari amr etgan tomondan kirdilar.»

Lekin ularning bu amali:

«Zotan, bu ulardan Allohning hech bir narsasini qaytara olmas edi».

Yaʼni, Alloh taqdir qilgan narsa, bir eshikdan kirsalar ham, turli eshikdan kirsalar ham, albatta boʻlardi. Buni Yaʼqub alayhissalomning oʻzlari ham yaxshi bilardilar. Ammo, shunga qaramay, oʻgʻillariga turli eshiklardan kirishni nasihat qilishlari:

«Yaʼqubning koʻnglidagi ehtiyoj boʻlib, uni qondirdi, xolos».

Yaʼni, koʻngliga bir aytib qoʻyish tushib, aytib qoʻydi, xolos. Bu yerda boshqa hech qanday sir-asror yoʻq. Gapni koʻpaytirishning ham hojati yoʻq. Bu haqiqatlarni Yaʼqub alayhissalomning oʻzi juda yaxshi biladi.

«Albatta, u Biz taʼlim berganimiz tufayli bilim sohibi edi.»

U Bizning Paygʻambarimiz edi. Biz unga shunga oʻxshash narsalarni yaxshilab oʻrgatganmiz. U bularni yaxshi bilardi.

«Lekin koʻpchilik odamlar bilmaslar.»

Shuning uchun, turli gaplarni koʻpaytirib yuradilar.

Shaharga kirgan ogʻa-inilar: