وَلَمَّا دَخَلُوا۟ عَلَىٰ يُوسُفَ ءَاوَىٰٓ إِلَيْهِ أَخَاهُ ۖ قَالَ إِنِّىٓ أَنَا۠ أَخُوكَ فَلَا تَبْتَئِسْ بِمَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yusufning oldiga kirganlarida, u inisini o`ziga yaqin joylashtirdi va: «Men akangman, ular qilgan narsalardan xafa bo`lma», – dedi.Юсуфнинг олдига кирганларида, у инисини ўзига яқин жойлаштирди ва: «Мен акангман, улар қилган нарсалардан хафа бўлма», – деди.Alauddin Mansour: Qachonki ular Yusufning huzuriga kirganlarida, u inisini oʻziga tortib: «Men sening ogʻangman. Endi ular (yaʼni, ogʻa-inilarimiz) qilguvchi boʻlgan narsa (yaʼni, ularning hasad-adovatlari)dan gʻamgin boʻlmagin», dedi.Қачонки улар Юсуфнинг ҳузурига кирганларида, у инисини ўзига тортиб: «Мен сенинг оғангман. Энди улар (яъни, оға-иниларимиз) қилгувчи бўлган нарса (яъни, уларнинг ҳасад-адоватлари)дан ғамгин бўлмагин», деди.
Ular Yusuf alayhissalomning huzurlariga kirgan vaqtlarida, u zot mehmonlarni yana yaxshi kutib oldilar, izzat qildilar. Kichik ukalarini yonlariga olib, boshqalariga bildirmay,
«Men akangman», deb oʻzlarini tanitdilar. Akalari oldin qilgan ishlardan xafa boʻlmasligini aytib:
«Ular qilgan narsalardan xafa boʻlma», – dedi».
Soʻngra, vaqti-soati kelib, mehmonlar oʻz yurtlariga qaytib ketadigan boʻlib,