فَلَمَّا جَهَّزَهُم بِجَهَازِهِمْ جَعَلَ ٱلسِّقَايَةَ فِى رَحْلِ أَخِيهِ ثُمَّ أَذَّنَ مُؤَذِّنٌ أَيَّتُهَا ٱلْعِيرُ إِنَّكُمْ لَسَـٰرِقُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularning jihozlarini hozirlagan paytda, inisining yukiga bir suv idishni solib qo`ydi. So`ngra, jarchi: «Ey, karvondagilar, sizlar o`g`ridirsizlar», deb jar soldi.Уларнинг жиҳозларини ҳозирлаган пайтда, инисининг юкига бир сув идишни солиб қўйди. Сўнгра, жарчи: «Эй, карвондагилар, сизлар ўғридирсизлар», деб жар солди.Alauddin Mansour: Bas, qachonki ularning hojatlarini ravon qilgach, inisining yuki orasiga (bildirmay) bir qadahni solib qoʻydi. Soʻngra esa jarchi: «Ey karvon egalari, sizlar oʻgʻridirsizlar», deb jar soldi.Бас, қачонки уларнинг ҳожатларини равон қилгач, инисининг юки орасига (билдирмай) бир қадаҳни солиб қўйди. Сўнгра эса жарчи: «Эй карвон эгалари, сизлар ўғридирсизлар», деб жар солди.
Yaʼni, Yusuf alayhissalom ogʻa-inilarining jihozlarini hozirlayotgan xodimlariga aytib, kichik ukasining yukiga bir suv idish qoʻshtirib qoʻydilar. Ular joʻnab ketganlaridan soʻng, orqalaridan bir odam yubordilar va u ularni oʻgʻrilikda aybladi.
«Soʻngra, jarchi: «Ey, karvondagilar, sizlar oʻgʻridirsizlar», deb jar soldi.»
Boʻlib oʻtgan sirdan bexabar ketayotgan karvon ortidan jarchi baqirib jar soldi. Ularni oʻgʻrilikda aybladi. Karvondagilar bu gapdan taajjubda qoldilar va: