QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Ra'd surasi · Oyatсураси · Оят18

لِلَّذِينَ ٱسْتَجَابُوا۟ لِرَبِّهِمُ ٱلْحُسْنَىٰ ۚ وَٱلَّذِينَ لَمْ يَسْتَجِيبُوا۟ لَهُۥ لَوْ أَنَّ لَهُم مَّا فِى ٱلْأَرْضِ جَمِيعًا وَمِثْلَهُۥ مَعَهُۥ لَٱفْتَدَوْا۟ بِهِۦٓ ۚ أُو۟لَـٰٓئِكَ لَهُمْ سُوٓءُ ٱلْحِسَابِ وَمَأْوَىٰهُمْ جَهَنَّمُ ۖ وَبِئْسَ ٱلْمِهَادُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Robbilariga ijobat etganlarga go`zallik bordir. Unga ijobat etmaganlarga esa, agar yer yuzidagi hamma narsalar va yana shunchasiga ega bo`lsalar-u, uni fido qilsalar ham, ana o`shalarga yomon hisob bo`lur va joylari jahannamdadir. U qanday ham yomon joydir.Роббиларига ижобат этганларга гўзаллик бордир. Унга ижобат этмаганларга эса, агар ер юзидаги ҳамма нарсалар ва яна шунчасига эга бўлсалар-у, уни фидо қилсалар ҳам, ана ўшаларга ёмон ҳисоб бўлур ва жойлари жаҳаннамдадир. У қандай ҳам ёмон жойдир.Alauddin Mansour: Parvardigorlariga itoat etgan zotlar uchun goʻzal mukofot — jannat bordir. U zotga itoat qilmagan kimsalar esa agar Yerdagi bor molu-davlat (yana) ikki barobar (koʻpayib) ularning oʻzlariniki boʻlsa, albatta uni (Allohning azobidan qutulish uchun) fido qilgan boʻlur edilar. Ular uchun eng yomon hisob-kitob boʻlur. Ularning joylari jahannamdir. Naqadar yomon joy u!Парвардигорларига итоат этган зотлар учун гўзал мукофот — жаннат бордир. У зотга итоат қилмаган кимсалар эса агар Ердаги бор молу-давлат (яна) икки баробар (кўпайиб) уларнинг ўзлариники бўлса, албатта уни (Аллоҳнинг азобидан қутулиш учун) фидо қилган бўлур эдилар. Улар учун энг ёмон ҳисоб-китоб бўлур. Уларнинг жойлари жаҳаннамдир. Нақадар ёмон жой у!

251-sahifa · 13-juz · 25-hizb251-саҳифа · 13-жуз · 25-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لِلَّذِينَkimsalargaкимсаларгаٱسْتَجَابُوا۟ijobat etganижобат этганلِرَبِّهِمُRobbilarigaРоббиларигаٱلْحُسْنَىٰ ۚgoʻzallik bordirгўзаллик бордирوَٱلَّذِينَva ular esaва улар эсаلَمْemasэмасيَسْتَجِيبُوا۟ijobat etganижобат этганلَهُۥUngaУнгаلَوْagarагарأَنَّ...boʻlsa...бўлсаلَهُمularga ega boʻlsaуларга эга бўлсаمَّاnarsalargaнарсаларгаفِى-dagi-дагиٱلْأَرْضِyer yuziер юзиجَمِيعًۭاhammasiҳаммасиوَمِثْلَهُۥva yana shunchasiва яна шунчасиمَعَهُۥu bilan birgaу билан биргаلَٱفْتَدَوْا۟albatta fido qilardilarалбатта фидо қилардиларبِهِۦٓ ۚuniуниأُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalargaана ўшаларгаلَهُمْulargaуларгаسُوٓءُyomonёмонٱلْحِسَابِhisob boʻlurҳисоб бўлурوَمَأْوَىٰهُمْva joylariва жойлариجَهَنَّمُ ۖjahannamdirжаҳаннамдирوَبِئْسَva qanday ham yomonва қандай ҳам ёмонٱلْمِهَادُjoydirжойдир
TafsirТафсир

Bu oyati karimada baxtli va badbaxt bandalarning oqibatlari haqida xabar berilmoqda.

«Robbilariga ijobat etganlarga goʻzallik bordir.»

Yaʼni, Allohning amriga boʻyinsunib, itoat etgan, moʻmin-musulmon boʻlib oʻtgan bandalarga mukofot uchun goʻzallik–jannat bordir.

«Unga ijobat etmaganlarga esa...»

Allohning amriga boʻyinsunmagan, unga itoat etmagan, kofir boʻlib oʻtgan bandalarga esa, qiyin boʻladi. Ular:

«...agar yer yuzidagi hamma narsalar va yana shunchasiga ega boʻlsalar-u, uni fido qilsalar ham» ulardan bu fidokorlik qabul qilinmaydi. Balki:

«Ana oʻshalarga yomon hisob boʻlur va joylari jahannamdadir. U qanday ham yomon joydir».

Oʻsha yomon joyda qilmishlariga yarasha jazolarini koʻraveradilar.

Keyingi oyatlarda iymon va kufr tabiati haqida soʻz ketadi. Moʻmin va kofirni ajratib turuvchi sifatlar aytiladi. Ularning oqibatlari bayon qilinadi: