۞ أَفَمَن يَعْلَمُ أَنَّمَآ أُنزِلَ إِلَيْكَ مِن رَّبِّكَ ٱلْحَقُّ كَمَنْ هُوَ أَعْمَىٰٓ ۚ إِنَّمَا يَتَذَكَّرُ أُو۟لُوا۟ ٱلْأَلْبَـٰبِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Senga Robbingdan nozil qilingan narsa albatta haq ekanini biladigan kimsa ko`r odamga o`xsharmidi? Buni, albatta, aql egalarigina eslarlar.Сенга Роббингдан нозил қилинган нарса албатта ҳақ эканини биладиган кимса кўр одамга ўхшармиди? Буни, албатта, ақл эгаларигина эсларлар.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), axir sizga Parvardigoringiz tomonidan nozil qilingan narsa aniq haqiqat ekanini biladigan — iymon keltiradigan kishi (koʻngil koʻzi) koʻr kimsaga oʻxshaydimi? Aql egalarigina eslatma olurlar.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), ахир сизга Парвардигорингиз томонидан нозил қилинган нарса аниқ ҳақиқат эканини биладиган — иймон келтирадиган киши (кўнгил кўзи) кўр кимсага ўхшайдими? Ақл эгаларигина эслатма олурлар.
Ey Paygʻambar! Senga Robbingdan nozil qilingan Qurʼonning shubhasiz haq ekanini bilgan odam koʻrga oʻxshaydimi?
Bu oyatda ilm bilan koʻrlik (ilmsizlik) bir-biriga qarshi qoʻyilmoqda. Ilmli odam koʻruvchi, ilmsiz odam koʻr, deb tasvirlanmoqda. Koʻrlik johillikni keltirib chiqaradi. Muhammad sollallohu alayhi vasallamga Robbidan nozil qilingan narsaning haq ekanini bilmaslik uchun koʻr boʻlish kerak, xolos. Koʻr boʻlmagan har bir kimsa bu haqiqatni anglab yetadi. Albatta, «koʻr» deganda, qalb koʻrligi nazarda tutiladi. Demak, bu masalada–Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamga kelgan vahiy va Qurʼon masalasida odamlar ikkiga boʻlindilar: biluvchilarga va koʻrlarga. Albatta, koʻrlar biluvchilar bilan teng emaslar.
«Buni, albatta, aql egalarigina eslarlar.»
Aql va idrok boʻlmasa, buni eslash, tushunib yetish qiyin. Endi oʻsha aql egalarining sifatlari zikr etiladi: