QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Ra'd surasi · Oyatсураси · Оят20

ٱلَّذِينَ يُوفُونَ بِعَهْدِ ٱللَّهِ وَلَا يَنقُضُونَ ٱلْمِيثَـٰقَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular Allohning ahdiga vafo qiladigan va miysoqni buzmaydiganlardir.Улар Аллоҳнинг аҳдига вафо қиладиган ва мийсоқни бузмайдиганлардир.Alauddin Mansour: Ular faqat Allohga bergan ahdlariga vafo qiladigan va miysoq — vaʼdalarini buzmaydigan zotlardir.Улар фақат Аллоҳга берган аҳдларига вафо қиладиган ва мийсоқ — ваъдаларини бузмайдиган зотлардир.

252-sahifa · 13-juz · 26-hizb252-саҳифа · 13-жуз · 26-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلَّذِينَularуларيُوفُونَvafo qiladilarвафо қиладиларبِعَهْدِahdigaаҳдигаٱللَّهِAllohningАллоҳнингوَلَاva emasва эмасيَنقُضُونَbuzadilarбузадиларٱلْمِيثَـٰقَmiysoqniмийсоқни
TafsirТафсир

Bu oyati karimadagi ahd barcha ahdlarni oʻz ichiga oladi. Albatta, bu ahdlarning avvalida iymon ahdi turadi. Bu oyati karimadagi miysoq ham barcha miysoqlarni oʻz ichiga oladi. Albatta, bu miysoqlarning avvalida iymon shartlariga vafo qilish miysoqi turadi.

Bu ahd va bu miysoq qadimiydir. «Aʼrof» surasida koʻrib oʻtganimizdek, Alloh taolo bani Odamdan zurriyotlarini tarqatayotgan paytdayoq ahdu miysoqni olib: «Men Robbingiz emasmanmi?» deb soʻragan va ulardan: «Ha, albatta, biz bunga shohidmiz», degan javobni qabul etgan. Bu ahd har Paygʻambar kelganida yangilanib turgan.

Shu bilan birga, mazkur ahd va miysoq faqat Alloh bilan banda orasidagi ahdu miysoqnigina ifoda etmaydi. Balki, ular umumiy ahd va miysoq boʻlib, boshqa barcha ahd va miysoqlarni ham ichiga oladi. Demak, aql egalarining birinchi sifatlari ahdga vafo qilishlik va miysoqni buzmaslik. Yana boshqa sifatlari: