وَٱلَّذِينَ يَصِلُونَ مَآ أَمَرَ ٱللَّهُ بِهِۦٓ أَن يُوصَلَ وَيَخْشَوْنَ رَبَّهُمْ وَيَخَافُونَ سُوٓءَ ٱلْحِسَابِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular Alloh bog`lanishiga amr etgan narsani bog`larlar, Robbilaridan cho`chirlar va yomon hisobdan qo`rqarlar.Улар Аллоҳ боғланишига амр этган нарсани боғларлар, Роббиларидан чўчирлар ва ёмон ҳисобдан қўрқарлар.Alauddin Mansour: Ular Alloh bogʻlanishga buyurgan narsalarni (yaʼni, qarindosh-urugʻlar bilan aloqani) bogʻlaydilar. Parvardigorlaridan qoʻrqadilar, hisob-kitobga duchor boʻlishdan qoʻrqib, (doim chiroyli amallar qilishga intiladilar).Улар Аллоҳ боғланишга буюрган нарсаларни (яъни, қариндош-уруғлар билан алоқани) боғлайдилар. Парвардигорларидан қўрқадилар, ҳисоб-китобга дучор бўлишдан қўрқиб, (доим чиройли амаллар қилишга интиладилар).
Aql egalarining ikkinchi sifati: «Alloh bogʻlanishiga amr etgan narsani bogʻlarlar». Bu ishlarning boshida «silai rahm»–qarindoshlik aloqalarini bogʻlash, ularga yaxshilik qilish turadi. Shuningdek, beva-bechora, yetimesir va barcha muhtojlarga, qoʻyingki, butun mavjudotga yaxshilik qilishlik musulmon insonga vazifa qilib yuklatilgandir. Aql egalarining uchinchi sifati: «Robbilaridan choʻchirlar...» Yaʼni, Alloh taoloning qudrati soʻngsiz ekanligini doimo sezib, his etib turadilar. Alloh taoloning buyukligi qarshisida oʻzlarining ojizliklarini tushunib, gunoh ishlar qilishdan saqlanib turadilar. Aql egalarining toʻrtinchi sifati: «...va yomon hisobdan qoʻrqarlar». Yaʼni, oxiratda hisob berish lozimligini yaxshi bilganlari uchun, doimo oʻsha hisob-kitobdan qoʻrqib, faqat yaxshi amallarni qiladilar va yomonlaridan qochadilar. Kelgusi oyat aql egalarining sifatlarini sanashda davom etadi va ularning oqibati haqida ham xabar beradi: