QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Ra'd surasi · Oyatсураси · Оят22

وَٱلَّذِينَ صَبَرُوا۟ ٱبْتِغَآءَ وَجْهِ رَبِّهِمْ وَأَقَامُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَأَنفَقُوا۟ مِمَّا رَزَقْنَـٰهُمْ سِرًّا وَعَلَانِيَةً وَيَدْرَءُونَ بِٱلْحَسَنَةِ ٱلسَّيِّئَةَ أُو۟لَـٰٓئِكَ لَهُمْ عُقْبَى ٱلدَّارِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular Robbilari yuzini ko`zlab, sabr qilarlar. Namozni to`kis ado etarlar, Biz ularga rizq qilib bergan narsadan maxfiy va oshkora infoq qilarlar va yomonlikni yaxshilik ila qaytararlar. Ana o`shalarga oqibat diyori bordir.Улар Роббилари юзини кўзлаб, сабр қиларлар. Намозни тўкис адо этарлар, Биз уларга ризқ қилиб берган нарсадан махфий ва ошкора инфоқ қиларлар ва ёмонликни яхшилик ила қайтарарлар. Ана ўшаларга оқибат диёри бордир.Alauddin Mansour: Parvardigorlarining Yuzini koʻzlab (mehnat-mashaqqatlarga) sabr-toqat qilib namozlarini toʻkis ado etgan va Biz rizq qilib bergan narsalardan maxfiy va oshkora infoq-ehson qilgan hamda yomonlikni yaxshilik bilan qaytaradigan zotlar — ana oʻshalar uchun Oxirat diyori bordir.Парвардигорларининг Юзини кўзлаб (меҳнат-машаққатларга) сабр-тоқат қилиб намозларини тўкис адо этган ва Биз ризқ қилиб берган нарсалардан махфий ва ошкора инфоқ-эҳсон қилган ҳамда ёмонликни яхшилик билан қайтарадиган зотлар — ана ўшалар учун Охират диёри бордир.

252-sahifa · 13-juz · 26-hizb252-саҳифа · 13-жуз · 26-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلَّذِينَva ularва уларصَبَرُوا۟sabr qilarlarсабр қиларларٱبْتِغَآءَkoʻzlabкўзлабوَجْهِyuziniюзиниرَبِّهِمْRobbilariРоббилариوَأَقَامُوا۟va toʻkis ado etarlarва тўкис адо этарларٱلصَّلَوٰةَnamozniнамозниوَأَنفَقُوا۟va infoq qilarlarва инфоқ қиларларمِمَّاnarsadanнарсаданرَزَقْنَـٰهُمْBiz ularga rizq qilib berganБиз уларга ризқ қилиб берганسِرًّۭاmaxfiyмахфийوَعَلَانِيَةًۭva oshkoraва ошкораوَيَدْرَءُونَva qaytararlarва қайтарарларبِٱلْحَسَنَةِyaxshilik ilaяхшилик илаٱلسَّيِّئَةَyomonlikniёмонликниأُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalargaана ўшаларгаلَهُمْular uchunулар учунعُقْبَىoqibatоқибатٱلدَّارِdiyori bordirдиёри бордир
TafsirТафсир

Aql egalarining beshinchi sifati:

«Ular Robbilari yuzini koʻzlab, sabr qilarlar».

Yaʼni, Allohning rizosini umid etib, sabr qiladilar. Ularning sabrlari faqat Allohning roziligi uchun boʻladi. Xoʻjakoʻrsinga, riyo uchun boʻlmaydi. Oʻziga oʻzi maqtanib yurish uchun ham boʻlmaydi. Sabr turli xil boʻladi. Eng ulugʻi Iymon-Islom talablarini bajarish yoʻlidagi qiyinchiliklarga sabr qilish. Odamlarning nooʻrin tasarruflariga sabr qilish. Yetgan neʼmatlarga sabr qilish va hokazolar.

Aql egalarining oltinchi sifati:

«Namozni toʻkis ado etarlar».

Chunki namoz boʻlmasa, Alloh bilan banda orasida bogʻlanish boʻlmaydi. Natijada, ahd va miysoqqa ham vafo qilinmaydi. Shuning uchun ham, namoz hammasidan zarurdir. Shuning uchun, namoz «moʻmin bandalar bilan boshqalar orasini ajratib turadigan omil» deb taʼriflangan.

Aql egalarining yettinchi sifati:

«Biz ularga rizq qilib bergan narsadan maxfiy va oshkora infoq qilarlar...»

Alloh bergan rizqdan infoq qilish musulmon bandalar orasidagi oʻzaro aloqalarni rivojlantiruvchi kuchli omildir. Bu ish boylarning qalbini baxillik dardidan xalos etsa, infoqni qabul qilib oluvchi kambagʻallarning qalbini hiqdu hasaddan poklaydi. Infoq qilish, kezi kelganda, maxfiy qilinadi, kezi kelganda esa, oshkor. Infoq qiluvchi riyodan qochsa yoki infoq oluvchining noqulay holda qolishi mulohaza qilinadigan boʻlsa va shunga oʻxshash hollarda maxfiy qilinadi. Odamlar oʻrnak olsinlar, deyilsa, shariat ahkomlarini bajarish targʻib qilinishiga hojat tugʻilsa va shunga oʻxshash holatlarda oshkor qilinadi.

Aql egalarining sakkizinchi sifati:

«...va yomonlikni yaxshilik ila qaytararlar».

Bu, umumiy majburiy qoida emas. Balki, maxsus holda, maʼlum maqsad ila amalga oshiriladigan qoidadir. Zotan, boshqa oyatlarda, misol uchun, «Shoʻro» surasida «Yomonlikning jazosi oʻziga oʻxshash yomonlikdir», deyilgan boʻlsa, «Baqara» surasida «Kim sizga nisbatan tajovuzkorlik qilsa, siz ham unga oʻsha tajovuzkorligi mislida tajovuzkorlik qiling», deyilgan.

Ulamolarimiz, ushbu oyatdagi yomonlikni yaxshilik bilan qaytarish kundalik shaxsiy muomalalarda yomonlikni sindirish yoʻlida boʻladi, ammo Allohning diniga tegishli ishlarda qoʻllanilmaydi, deganlar.

Baʼzi ulamolar, ushbu oyatlarda sanab oʻtilgan sakkiz xayrli sifat jannatning sakkiz eshigiga ishoratdir, degan ekanlar.

Oyatning oxirida ham gap jannatga borib taqalmoqda:

«Ana oʻshalarga oqibat diyori bordir».

Kelasi oyatda «oqibat diyori» nimaligi bayon qilinadi: