جَنَّـٰتُ عَدْنٍ يَدْخُلُونَهَا وَمَن صَلَحَ مِنْ ءَابَآئِهِمْ وَأَزْوَٰجِهِمْ وَذُرِّيَّـٰتِهِمْ ۖ وَٱلْمَلَـٰٓئِكَةُ يَدْخُلُونَ عَلَيْهِم مِّن كُلِّ بَابٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Adn jannatlaridir. Unga ular va ularning otalari, jufti halollari va zurriyotlaridan solih bo`lganlari kirarlar. So`ngra, ularning huzurlariga har eshikdan farishtalar kirib:Адн жаннатларидир. Унга улар ва уларнинг оталари, жуфти ҳалоллари ва зурриётларидан солиҳ бўлганлари кирарлар. Сўнгра, уларнинг ҳузурларига ҳар эшикдан фаришталар кириб:Alauddin Mansour: (U diyor) abadiy turiladigan jannatlar boʻlib, ular u joylarga, ota-bobolari, jufti halollari va zurriyotlaridan iborat boʻlgan solih bandalar bilan birga kirurlar. Soʻng ularning huzurlariga har eshikdan farishtalar kirib (derlar):(У диёр) абадий туриладиган жаннатлар бўлиб, улар у жойларга, ота-боболари, жуфти ҳалоллари ва зурриётларидан иборат бўлган солиҳ бандалар билан бирга кирурлар. Сўнг уларнинг ҳузурларига ҳар эшикдан фаришталар кириб (дерлар):
Yaʼni, mazkur sakkiz sifatga sohib boʻlgan aql egalari erishadigan oqibat diyori:
«Adn jannatlaridir».
«Adn» jannatning nomlaridan boʻlib, lugʻatda «istiqomat joyi, istiqror oʻrni» maʼnolarini anglatadi. Demak, mazkur aql egalari–moʻmin-musulmonlar oʻsha sifatlarni oʻzlarida mujassam etib, bu dunyoda ularga amal qilib yashab oʻtganlari uchun, qiyomatda Adn jannatlariga kiradilar.
«Unga ular va ularning otalari, jufti halollari va zurriyotlaridan solih boʻlganlari kirarlar.»
Mazkur jannatga, huzur-halovatlari yanada toʻliq boʻlsin uchun, ota- onalari, er yoki xotinlari va oʻgʻil-qizlari ham qoʻshilib kiradilar. Ammo sharti bor. Oʻsha ota-onalar, jufti halollar va zurriyotlar ahli solih boʻlishlari kerak. Ahli solih boʻlmasalar, kira olmaydilar. Adn jannatlari katta neʼmat, unga kirganlar ulugʻ maqomga erishadilar. Unda koʻz koʻrib, quloq eshitmagan neʼmatlardan bahramand boʻladilar.
Buning ustiga:
«...ularning huzurlariga har eshikdan farishtalar kirib: «Sabr qilganingiz uchun sizlarga Salom boʻlsin! Bu oqibat diyori qandoq ham yaxshi!» (derlar)».
Bu esa, ularning huzurlarini yanada ziyoda qiladi. Inson bu dunyoda ham biror neʼmatga erishsa, huzurlanadi. Ammo yaqin kishilar uni oʻsha neʼmat ila muborakbod etsalar, huzur yangilanadi va yanada ziyoda boʻladi.
Aql egalari Adn jannatlarida mana shunday holda boʻlib, ularga farishtalar ham havas qilib turgan bir paytda, aql ishlatmaganlar, koʻr boʻlganlar tamoman oʻzgacha holda boʻladilar: