QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Ra'd surasi · Oyatсураси · Оят24

سَلَـٰمٌ عَلَيْكُم بِمَا صَبَرْتُمْ ۚ فَنِعْمَ عُقْبَى ٱلدَّارِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Sabr qilganingiz uchun sizlarga Salom bo`lsin! Bu oqibat diyori qanday ham yaxshi!» (derlar).«Сабр қилганингиз учун сизларга Салом бўлсин! Бу оқибат диёри қандай ҳам яхши!» (дерлар).Alauddin Mansour: «(Alloh yulida mehnat-mashaqqatlarga) sabr-toqat qilib oʻtganlaringiz sababli (endi bu jannatlarda) sizlarga tinchlik-osoyishtalik boʻlgay. Bu Oxirat diyori naqadar yaxshi!»«(Аллоҳ йулида меҳнат-машаққатларга) сабр-тоқат қилиб ўтганларингиз сабабли (энди бу жаннатларда) сизларга тинчлик-осойишталик бўлгай. Бу Охират диёри нақадар яхши!»

252-sahifa · 13-juz · 26-hizb252-саҳифа · 13-жуз · 26-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
سَلَـٰمٌSalom boʻlsinСалом бўлсинعَلَيْكُمsizlargaсизларгаبِمَاuchunучунصَبَرْتُمْ ۚsabr qilganingizсабр қилганингизفَنِعْمَbas, qanday ham yaxshiбас, қандай ҳам яхшиعُقْبَىoqibatоқибатٱلدَّارِdiyoriдиёри
TafsirТафсир

Yaʼni, mazkur sakkiz sifatga sohib boʻlgan aql egalari erishadigan oqibat diyori:

«Adn jannatlaridir».

«Adn» jannatning nomlaridan boʻlib, lugʻatda «istiqomat joyi, istiqror oʻrni» maʼnolarini anglatadi. Demak, mazkur aql egalari–moʻmin-musulmonlar oʻsha sifatlarni oʻzlarida mujassam etib, bu dunyoda ularga amal qilib yashab oʻtganlari uchun, qiyomatda Adn jannatlariga kiradilar.

«Unga ular va ularning otalari, jufti halollari va zurriyotlaridan solih boʻlganlari kirarlar.»

Mazkur jannatga, huzur-halovatlari yanada toʻliq boʻlsin uchun, ota- onalari, er yoki xotinlari va oʻgʻil-qizlari ham qoʻshilib kiradilar. Ammo sharti bor. Oʻsha ota-onalar, jufti halollar va zurriyotlar ahli solih boʻlishlari kerak. Ahli solih boʻlmasalar, kira olmaydilar. Adn jannatlari katta neʼmat, unga kirganlar ulugʻ maqomga erishadilar. Unda koʻz koʻrib, quloq eshitmagan neʼmatlardan bahramand boʻladilar.

Buning ustiga:

«...ularning huzurlariga har eshikdan farishtalar kirib: «Sabr qilganingiz uchun sizlarga Salom boʻlsin! Bu oqibat diyori qandoq ham yaxshi!» (derlar)».

Bu esa, ularning huzurlarini yanada ziyoda qiladi. Inson bu dunyoda ham biror neʼmatga erishsa, huzurlanadi. Ammo yaqin kishilar uni oʻsha neʼmat ila muborakbod etsalar, huzur yangilanadi va yanada ziyoda boʻladi.

Aql egalari Adn jannatlarida mana shunday holda boʻlib, ularga farishtalar ham havas qilib turgan bir paytda, aql ishlatmaganlar, koʻr boʻlganlar tamoman oʻzgacha holda boʻladilar: