وَٱلَّذِينَ يَنقُضُونَ عَهْدَ ٱللَّهِ مِنۢ بَعْدِ مِيثَـٰقِهِۦ وَيَقْطَعُونَ مَآ أَمَرَ ٱللَّهُ بِهِۦٓ أَن يُوصَلَ وَيُفْسِدُونَ فِى ٱلْأَرْضِ ۙ أُو۟لَـٰٓئِكَ لَهُمُ ٱللَّعْنَةُ وَلَهُمْ سُوٓءُ ٱلدَّارِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohning ahdini miysoqdan keyin buzadiganlar, Alloh bog`lanishiga amr etgan narsalarni uzadiganlar va yer yuzida buzg`unchilik qiladiganlarga, ana o`shalarga la'nat va ularga yomon diyor bor.Аллоҳнинг аҳдини мийсоқдан кейин бузадиганлар, Аллоҳ боғланишига амр этган нарсаларни узадиганлар ва ер юзида бузғунчилик қиладиганларга, ана ўшаларга лаънат ва уларга ёмон диёр бор.Alauddin Mansour: Allohga bergan ahd-paymonlarini mustahkam boʻlganidan keyin buzadigan, Alloh bogʻlanishiga buyurgan narsalarni uzadigan va Yer yuzida buzgʻunchilik qilib yuradigan kimsalar ham borki, ular uchun (Allohning) laʼnati boʻlur va ular uchun eng yomon diyor — jahannam bordir.Аллоҳга берган аҳд-паймонларини мустаҳкам бўлганидан кейин бузадиган, Аллоҳ боғланишига буюрган нарсаларни узадиган ва Ер юзида бузғунчилик қилиб юрадиган кимсалар ҳам борки, улар учун (Аллоҳнинг) лаънати бўлур ва улар учун энг ёмон диёр — жаҳаннам бордир.
Bu oyatda vasf qilinayotgan badbaxt bandalarning bosh ayblari Alloh taologa al-Miysoqda berilgan bosh ahdni–iymon ahdini va oʻsha iymon taqozosi ila amal qilish miysoqini buzishlaridir. Ushbu asosiy va markaziy ahd buzilgandan keyin boshqa ahdlar ham buzilishi muqarrar. Chunki, Allohga iymon ahdi boʻlmagandan keyin, boshqa qanday ahd boʻlishi mumkin?! Shu boisdan ham, ular:
«Alloh bogʻlanishiga amr etgan narsalarni buzadiganlar»ga aylanib qoladilar.
Allohga iymonlari boʻlmaganidan keyin, uning aytganlarini ham qilmaydilar. Jumladan, Alloh bogʻlanishga amr etgan qarindoshlik aloqalarini, insoniylik va boshqa aloqalarni ham uzadilar. Natijada:
«yer yuzida buzgʻunchilik qiladiganlarga» aylanadilar.
Ularning ishi buzgʻunchilikdan iborat boʻlib qoladi.
«Ana oʻshalarga laʼnat va ularga yomon diyor bor.»
Ularning bu holga tushishlariga sabab dunyoyu oxiratda rizqni faqat Alloh berishini anglamasliklari hamdir: