ٱللَّهُ يَبْسُطُ ٱلرِّزْقَ لِمَن يَشَآءُ وَيَقْدِرُ ۚ وَفَرِحُوا۟ بِٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَمَا ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَا فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ إِلَّا مَتَـٰعٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh xohlagan kishisining rizqini keng qilur va (xohlagannikini) tor qilur. Ular bu dunyo hayoti ila shod bo`ldilar. Holbuki, bu dunyo hayoti oxirat oldida arzimas matoh, xolos.Аллоҳ хоҳлаган кишисининг ризқини кенг қилур ва (хоҳлаганникини) тор қилур. Улар бу дунё ҳаёти ила шод бўлдилар. Ҳолбуки, бу дунё ҳаёти охират олдида арзимас матоҳ, холос.Alauddin Mansour: Alloh, Oʻzi xohlagan kishilarning rizqini keng qilur (va Oʻzi xohlagan kishilarning rizqini) tang qilur. (Mushriklar) mana shu hayoti dunyo bilan shod-xurram boʻldilar, holbuki bu hayoti dunyo Oxirat oldida faqat bir arzimas matodir.Аллоҳ, Ўзи хоҳлаган кишиларнинг ризқини кенг қилур (ва Ўзи хоҳлаган кишиларнинг ризқини) танг қилур. (Мушриклар) мана шу ҳаёти дунё билан шод-хуррам бўлдилар, ҳолбуки бу ҳаёти дунё Охират олдида фақат бир арзимас матодир.
Ular «bu dunyo hayoti oxirat oldida arzimas matoh» ekanligini anglab yetib, oqibatini oʻylab ish tutganlarida, ham bu dunyoni, ham oxiratni qozongan boʻlur edilar. Alloh avval bu dunyo neʼmatlarini berib, soʻngra oxirat neʼmatlariga erishtirar edi. Chunki, U zot Oʻzi xohlagan kishisining rizqini keng qilib qoʻyadi, xohlaganinikini tor qilib qoʻyadi.
Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda: «Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Bu dunyo oxirat oldida hech narsa emas. Magar sizlardan biringiz mana bu barmogʻini dengizga solganiga oʻxshaydi. Nazar solsin-chi, barmogʻiga nima ilashibdi», deb koʻrsatgich barmoqlariga ishora qildilar», deyilgan.
Keyingi oyatda oʻsha, oʻzini bilmay, koʻru aqlsiz boʻlib, oxiratning emas, dunyoning tashvishida yurgan kofirlarning gaplaridan biri va uning javobi keltiriladi: