QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Ra'd surasi · Oyatсураси · Оят27

وَيَقُولُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَوْلَآ أُنزِلَ عَلَيْهِ ءَايَةٌ مِّن رَّبِّهِۦ ۗ قُلْ إِنَّ ٱللَّهَ يُضِلُّ مَن يَشَآءُ وَيَهْدِىٓ إِلَيْهِ مَنْ أَنَابَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va kufr keltirganlar: «Unga Robbidan bir mo`'jiza tushsa edi», derlar. Sen: «Albatta, Alloh kimni xohlasa, zalolatga ketkazur va o`ziga yo`nalganlarini hidoyat qilur», deb ayt.Ва куфр келтирганлар: «Унга Роббидан бир мўъжиза тушса эди», дерлар. Сен: «Албатта, Аллоҳ кимни хоҳласа, залолатга кетказур ва ўзига йўналганларини ҳидоят қилур», деб айт.Alauddin Mansour: Kufr yoʻlini tutgan kimsalar: «Unga (Muhammadga) Parvardigori tomonidan biron oyat-moʻʼjiza nozil qilinsa edi», dedilar. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, ularga) ayting: «Albatta, Alloh Oʻzi xohlagan kimsalarni gumroh qilur va (Allohga) ijobat-tavba qilgan kishilarni Oʻz (diniga) hidoyat qilur».Куфр йўлини тутган кимсалар: «Унга (Муҳаммадга) Парвардигори томонидан бирон оят-мўъжиза нозил қилинса эди», дедилар. (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, уларга) айтинг: «Албатта, Аллоҳ Ўзи хоҳлаган кимсаларни гумроҳ қилур ва (Аллоҳга) ижобат-тавба қилган кишиларни Ўз (динига) ҳидоят қилур».

252-sahifa · 13-juz · 26-hizb252-саҳифа · 13-жуз · 26-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَيَقُولُva derlarва дерларٱلَّذِينَularуларكَفَرُوا۟kufr keltirganкуфр келтирганلَوْلَآnima uchun ...emasнима учун ...эмасأُنزِلَnozil qilindiнозил қилиндиعَلَيْهِungaунгаءَايَةٌۭbir oyat-moʻʼjizaбир оят-мўъжизаمِّن-dan-данرَّبِّهِۦ ۗRobbiРоббиقُلْdeb aytдеб айтإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳيُضِلُّzalolatga ketkazadirзалолатга кетказадирمَنkimniкимниيَشَآءُxohlasaхоҳласаوَيَهْدِىٓva hidoyat qiladirва ҳидоят қиладирإِلَيْهِOʻzigaЎзигаمَنْkimsaniкимсаниأَنَابَyoʻnalganйўналган
TafsirТафсир

Kofirlarning Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamdan favqulodda bir katta moʻʼjiza tushishini talab qilishlari ham ularning qalb koʻzlari koʻr ekanligiga, aqllari toʻgʻrilikka ishlamasligiga dalildir. Boʻlmasa, dunyoning hamma tomonida, har qadamda Allohning qudratiga dalillar toʻlib yotibdi. Ular oʻsha dalillarni koʻrib-bilib turibdilar. Lekin aql ishlatmaydilar. Odamlarni qoʻrqitib, majbur qiluvchi moʻʼjiza ila iymonga kelishlarini xohlaydilar. Aslida esa, odamlarning iymonga kelishlari odatdan tashqari, gʻayritabiiy hodisalarga emas, qalblariga bogʻliq boʻladi. Shuning uchun buyurilmoqdaki, ey Paygʻambar:

«Sen: «Albatta, Alloh kimni xohlasa, zalolatga ketkazur va oʻziga yoʻnalganlarini hidoyat qilur», deb ayt».

Ushbu jumlada biz «yoʻnalgan» deb tarjima qilgan soʻz «anoba» deb kelgan. Bu soʻzning asl maʼnosi «yaxshilik nabati–tusiga kirish», yaʼni, Allohga taslim boʻlish, uning oyatlarini koʻrib, unga qaytish va tavba qilish maʼnolarini anglatadi. Demak, biror kishining hidoyatga muyassar boʻlishi sharti, avvalo, uning oʻzida istak, Allohga tomon yoʻnalish boʻlishi kerakligi ekan. Ana oʻshanda, Alloh uni hidoyatga solar ekan. Boʻlmasa, ushbu oyatda zikri kelayotgan kofirlarga oʻxshab:

«Unga Robbidan bir moʻʼjiza nozil boʻlsa edi», deb yurishaveradi.

Ammo iymon keltirganlarning holi tamoman boshqacha.