ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَتَطْمَئِنُّ قُلُوبُهُم بِذِكْرِ ٱللَّهِ ۗ أَلَا بِذِكْرِ ٱللَّهِ تَطْمَئِنُّ ٱلْقُلُوبُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Iymon keltirganlar va Allohning zikri ila qalblari orom topganlar. Ayo, Allohning zikri ila qalblar orom topmasmi?Иймон келтирганлар ва Аллоҳнинг зикри ила қалблари ором топганлар. Аё, Аллоҳнинг зикри ила қалблар ором топмасми?Alauddin Mansour: Ular iymon keltirgan va qalblari Allohni zikr qilish — eslash bilan orom oladigan zotlardir. Ogoh boʻlingizkim, Allohni zikr qilish bilan qalblar orom olur.Улар иймон келтирган ва қалблари Аллоҳни зикр қилиш — эслаш билан ором оладиган зотлардир. Огоҳ бўлингизким, Аллоҳни зикр қилиш билан қалблар ором олур.
Ha, iymon keltirganlarning qalblari Allohning zikri ila orom topadi. Chunki, u qalblar oʻzlarining Allohga doimiy bogʻliq ekanlarini his etadilar. Chunki, bu qalblar dunyodagi hamma narsa Allohdan ekanligini yaxshi biladilar. Allohdan oʻzganing qoʻlidan hech narsa kelmasligini ham yaxshi biladilar. Bu dunyoyu u dunyoning saodati Allohning ixtiyorida ekanini yaxshi biladilar. Shunday boʻlganidan keyin nega Allohning zikri ila qalblar orom topmasin?!
«Ayo, Allohning zikri ila qalblar orom topmasmi?»
Bu oromning neligini uni totib koʻrganlargina biladilar. Iymonsizlar qalb oromi nima ekanidan butunlay bexabardirlar. Ular yer yuzidagi eng badbaxt odamlardir. Dunyodagi eng baxtli odamlar esa, Alloh tomon yoʻnalganlar, hidoyat topganlar, iymon keltirganlar va qalblari Allohning zikri ila orom topganlardir.