وَجَعَلُوا۟ لِلَّهِ أَندَادًا لِّيُضِلُّوا۟ عَن سَبِيلِهِۦ ۗ قُلْ تَمَتَّعُوا۟ فَإِنَّ مَصِيرَكُمْ إِلَى ٱلنَّارِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular Allohning yo`lidan adashtirish uchun Unga tengdoshlar qildilar. Sen ularga: «Huzurlanib qoling! Bas, albatta, boradigan joyingiz do`zaxdir», deb ayt!Улар Аллоҳнинг йўлидан адаштириш учун Унга тенгдошлар қилдилар. Сен уларга: «Ҳузурланиб қолинг! Бас, албатта, борадиган жойингиз дўзахдир», деб айт!Alauddin Mansour: Ular (odamlarni) Alloh yoʻlidan ozdirish uchun U zotga «teng»larni (oʻylab) topdilar. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Foydalanib qolinglar! Hech shubha yoʻqki, oqibat boradigan joyingiz doʻzaxdir».Улар (одамларни) Аллоҳ йўлидан оздириш учун У зотга «тенг»ларни (ўйлаб) топдилар. (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Фойдаланиб қолинглар! Ҳеч шубҳа йўқки, оқибат борадиган жойингиз дўзахдир».
Allohning neʼmatini kufrga almashtirgan nobakorlar Allohga shirk keltirdilar. Uning tengi bor, deb aytdilar. Shunga yarasha eʼtiqod va amal etdilar. Ular bu ishlarni odamlarni Allohning yoʻlidan adashtirish uchun qildilar. Demak, bu oʻrinda gap arab kofirlarining rahbarlari haqida ketmoqda:
«Ular Allohning yoʻlidan adashtirish uchun Unga tengdoshlar qildilar».
Ha, ular, agar kishilar Alloh «neʼmat» qilib bergan bu Paygʻambarga ergashib, Allohning aytganiga yurib ketsalar, bizning aytganimizni kim bajaradi, degan xayol bilan kishilarni tavhid yoʻlidan, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam keltirgan haqiqiy Islom yoʻlidan adashtirishga urindilar. Allohga tengdoshlar topishga harakat qildilar. Unday qilish kerak, bunday qilish kerak, deb turli takliflar kiritdilar. Ey Paygʻambar:
«Sen ularga: «Huzurlanib qoling! Bas, albatta, boradigan joyingiz doʻzaxdir», deb ayt!»
Odamlarni Allohning yoʻlidan adashtirib, oʻzingiz aytgan yoʻlga yurgizib, gapingizni qildirib, oʻzingizcha huzurlanyapsizmi? Mayli, hozircha huzurlanib turavering. Ammo, bilib qoʻyingki, albatta, oxir-oqibat boradigan joyingiz jahannamdir, deb ayt.
Keyingi oyat esa, moʻmin bandalarga aytish uchun Alloh Paygʻambarimizga tayinlagan gaplardan iboratdir:
Ey Paygʻambar!