QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ibrahim surasi · Oyatсураси · Оят31

قُل لِّعِبَادِىَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ يُقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَيُنفِقُوا۟ مِمَّا رَزَقْنَـٰهُمْ سِرًّا وَعَلَانِيَةً مِّن قَبْلِ أَن يَأْتِىَ يَوْمٌ لَّا بَيْعٌ فِيهِ وَلَا خِلَـٰلٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen iymon keltirgan bandalarimga aytgin, namozni to`la-to`kis ado etsinlar. Savdo-sotiq, og`aynigarchilik yo`q bo`lgan Kun kelmasidan oldin ularga rizq qilib bergan narsalarimizdan maxfiy va oshkor infoq qilsinlar.Сен иймон келтирган бандаларимга айтгин, намозни тўла-тўкис адо этсинлар. Савдо-сотиқ, оғайнигарчилик йўқ бўлган Кун келмасидан олдин уларга ризқ қилиб берган нарсаларимиздан махфий ва ошкор инфоқ қилсинлар.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), iymon keltirgan bandalarimga ayting, namozni toʻkis ado qilsinlar hamda oldi-sotdi va oshna-ogʻaynigarchilik boʻlmaydigan Kun (Qiyomat) kelib qolishidan ilgari Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan maxfiy va oshkora infoq-ehson qilsinlar.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), иймон келтирган бандаларимга айтинг, намозни тўкис адо қилсинлар ҳамда олди-сотди ва ошна-оғайнигарчилик бўлмайдиган Кун (Қиёмат) келиб қолишидан илгари Биз уларга ризқ қилиб берган нарсалардан махфий ва ошкора инфоқ-эҳсон қилсинлар.

259-sahifa · 13-juz · 26-hizb259-саҳифа · 13-жуз · 26-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلaytginайтгинلِّعِبَادِىَbandalarimgaбандаларимгаٱلَّذِينَkimsalarкимсаларءَامَنُوا۟iymon keltirganиймон келтирганيُقِيمُوا۟toʻla-toʻkis ado etsinlarтўла-тўкис адо этсинларٱلصَّلَوٰةَnamozniнамозниوَيُنفِقُوا۟va infoq qilsinlarва инфоқ қилсинларمِمَّاnarsalardanнарсаларданرَزَقْنَـٰهُمْularga rizq qilib berganуларга ризқ қилиб берганسِرًّۭاmaxfiyмахфийوَعَلَانِيَةًۭva oshkorва ошкорمِّن-dan-данقَبْلِoldinолдинأَن-ki-киيَأْتِىَkelmasidanкелмасиданيَوْمٌۭKunКунلَّاyoʻqйўқبَيْعٌۭsavdo-sotiqсавдо-сотиқفِيهِundaундаوَلَاva yoʻqва йўқخِلَـٰلٌogʻaynigarchilikоғайнигарчилик
TafsirТафсир

Yaʼni, ey Paygʻambarim, moʻmin bandalarimga aytgin. Kofirlarga oʻxshab noshukr boʻlmasinlar. Balki, bergan neʼmatlarimga shukr qilsinlar. Shukrning eng goʻzal koʻrinishlaridan biri namoz oʻqishdir.

«Sen iymon keltirgan bandalarimga aytgin, namozni toʻla- toʻkis ado etsinlar.»

Ular namozni toʻla-toʻkis ado etsinlar. Oxiratda har bandaga foyda beradigan amal aynan shu namozdir.

Ey Paygʻambar! Sen iymon keltirgan bandalarimga aytgin:

«Savdo-sotiq, ogʻaynigarchilik yoʻq boʻlgan Kun kelmasidan oldin ularga rizq qilib bergan narsalarimizdan maxfiy va oshkor infoq qilsinlar».

Qiyomat kunida oldi-sotdi bilan ish bitirib boʻlmaydi, oshna-ogʻaynigarchilik bir pulga arzimaydi. Shu holga yetmay turib, men rizq etib bergan narsalardan xoh maxfiy, xoh oshkora xayri-ehson qilib qolsinlar. Riyo, faxrlanish va birovga ozor yetishidan qoʻrqsalar, maxfiy ravishda xayri-ehson qilsinlar. Boshqalarga oʻrnak koʻrsatish, Allohga itoatni sezdirish singari ibratli ishlar ilinjida boʻlsa, oshkora xayri- ehson qilsinlar.

Endi keladigan oyatlarda Allohning bandalariga bergan behisob neʼmatlari, rizqlari haqida soʻz ketadi: