ٱللَّهُ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَأَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءً فَأَخْرَجَ بِهِۦ مِنَ ٱلثَّمَرَٰتِ رِزْقًا لَّكُمْ ۖ وَسَخَّرَ لَكُمُ ٱلْفُلْكَ لِتَجْرِىَ فِى ٱلْبَحْرِ بِأَمْرِهِۦ ۖ وَسَخَّرَ لَكُمُ ٱلْأَنْهَـٰرَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh osmonlaru yerni yaratgan, osmondan suv tushirib, u ila mevalarni sizga rizq qilib chiqargan, O`z amri ila dengizda suzmog`i uchun kemalarni sizga bo`ysundirgan va anhorlarni sizga bo`ysundirgan Zotdir.Аллоҳ осмонлару ерни яратган, осмондан сув тушириб, у ила меваларни сизга ризқ қилиб чиқарган, Ўз амри ила денгизда сузмоғи учун кемаларни сизга бўйсундирган ва анҳорларни сизга бўйсундирган Зотдир.Alauddin Mansour: Alloh osmonlar va Yerni yaratgan va osmondan suv (yomgʻir-qor) yogʻdirib, uning yordamida sizlarga rizq boʻladigan mevalarni chiqargan Zotdir. U Oʻz amri bilan dengizda suzib yurishi uchun kemalarni sizlarga boʻyinsundirdi. Yana daryolarni ham sizlarga boʻyinsundirdi.Аллоҳ осмонлар ва Ерни яратган ва осмондан сув (ёмғир-қор) ёғдириб, унинг ёрдамида сизларга ризқ бўладиган меваларни чиқарган Зотдир. У Ўз амри билан денгизда сузиб юриши учун кемаларни сизларга бўйинсундирди. Яна дарёларни ҳам сизларга бўйинсундирди.
Bu oyati karimadagi maʼnoni bir oz chuqurroq oʻylab koʻrsak, Alloh dunyodagi barcha narsani bizlarga neʼmat qilib berganini anglab yetamiz.
«Alloh osmonlaru yerni yaratgan...»
Kim uchun? Inson uchun, albatta. Osmondagi hamma narsa insonga xizmat qiladi. Yer va undagi jamiki narsa inson uchun yaratilgan, unga xizmat etadi. Alloh yana:
«...Osmondan suv tushirib, u ila mevalarni sizga rizq qilib chiqargan...»
Alloh osmondan qor yoki yomgʻir shaklida suvni inson uchun tushiradi. Oʻsha suv nafaqat mevalarga, balki inson va unga xizmat qiladigan barcha jamodot–togʻ, tosh, qum, tuproq kabi ruhsiz narsalar, nabotot va hayvonotlarga ham foydalidir. Bularning barchasidan oxir-oqibatda inson manfaat topadi.
Alloh:
«...Oʻz amri ila dengizda suzmogʻi uchun kemalarni sizga boʻysundirgan...»
Kemalarning dengizda, suvning yuzida suzib yurishi ham moʻʼjiza. Har biri alohida-alohida suvga solinsa, choʻkib yoki oqib ketadigan narsalarni kema holiga keltirilsa, suzib insonga xizmat qiladigan xususiyatga ega qilib qoʻygan Alloh buni ham inson uchun qilgandir. Bu ham Allohning neʼmatidir.
«...va anhorlarni sizga boʻysundirgan Zotdir.»
Anhorlar, daryolar ham inson uchun koʻplab neʼmatlar manbaidir.