QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ibrahim surasi · Oyatсураси · Оят40

رَبِّ ٱجْعَلْنِى مُقِيمَ ٱلصَّلَوٰةِ وَمِن ذُرِّيَّتِى ۚ رَبَّنَا وَتَقَبَّلْ دُعَآءِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey Robbim, meni va zurriyotlarimni namozni to`kis ado etadiganlardan qilgin. Ey Robbimiz, duoni qabul etgin.Эй Роббим, мени ва зурриётларимни намозни тўкис адо этадиганлардан қилгин. Эй Роббимиз, дуони қабул этгин.Alauddin Mansour: Parvardigorim, meni va zurriyotimdan (boʻlgan bolalarimni) namozni toʻkis ado etguvchi qilgil. Parvardigoro, duoimni qabul ayla.Парвардигорим, мени ва зурриётимдан (бўлган болаларимни) намозни тўкис адо этгувчи қилгил. Парвардигоро, дуоимни қабул айла.

260-sahifa · 13-juz · 26-hizb260-саҳифа · 13-жуз · 26-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
رَبِّey Robbimэй Роббимٱجْعَلْنِىmeni qilginмени қилгинمُقِيمَtoʻkis ado etuvchiтўкис адо этувчиٱلصَّلَوٰةِnamozniнамозниوَمِنva -danва -данذُرِّيَّتِى ۚzurriyotlarimdanзурриётларимданرَبَّنَاey Robbimizэй Роббимизوَتَقَبَّلْva qabul etginва қабул этгинدُعَآءِduoyimniдуойимни
TafsirТафсир

Ibodat paytida yana ibodat uchun Allohdan yordam soʻrash ibodatning bardavom boʻlishida Allohning Oʻzidan yordam soʻrashni anglatadi. Allohning duolarni qabul etguvchi Zot ekanini zikr qila turib, yana duoni qabul etishini soʻrash biror toʻsiq boʻlib qolmasin, degan xavfni anglatadi.

Kelasi oyat ila Ibrohim alayhissalomning duolari soʻngiga yetadi.