رَبَّنَا ٱغْفِرْ لِى وَلِوَٰلِدَىَّ وَلِلْمُؤْمِنِينَ يَوْمَ يَقُومُ ٱلْحِسَابُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey Robbimiz, meni, ota-onamni va mo`minlarni hisob qilinadigan kuni mag`firat aylagin».Эй Роббимиз, мени, ота-онамни ва мўминларни ҳисоб қилинадиган куни мағфират айлагин».Alauddin Mansour: Parvardigoro, hisob-kitob qilinadigan (Qiyomat) kuni meni, ota-onamni va barcha moʻminlarni magʻfirat qilgil.Парвардигоро, ҳисоб-китоб қилинадиган (Қиёмат) куни мени, ота-онамни ва барча мўминларни мағфират қилгил.
Hisob qilinadigan kun deganda qiyomat tushuniladi, albatta. Oʻsha kunda, Allohning magʻfirati boʻlmasa, hech kim najot topmaydi. Ibrohim alayhissalomning bu mashhur duolarida Muhammad sollallohu alayhi vasallamni inkor etib turgan mushriklarga qarshi maʼnolar ketma-ket kelishi bilan birga, moʻminlarning qalbiga quvvat beruvchi maʼnolar ham kelganini koʻrdik.
Shu bilan birga, zolimlarning–mushriklarning kirdikorlaridan ozor koʻrgan Muhammad sollallohu alayhi vasallam va moʻmin- musulmonlarga alohida tasalli oyati kelmoqda: