QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ibrahim surasi · Oyatсураси · Оят42

وَلَا تَحْسَبَنَّ ٱللَّهَ غَـٰفِلًا عَمَّا يَعْمَلُ ٱلظَّـٰلِمُونَ ۚ إِنَّمَا يُؤَخِّرُهُمْ لِيَوْمٍ تَشْخَصُ فِيهِ ٱلْأَبْصَـٰرُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen hargiz, Alloh zolimlar qilayotgan narsadan g`ofil, deb gumon qilma. Faqatgina, ularni ko`zlar qotib qoladigan kungacha qo`yib qo`yadir, xolos.Сен ҳаргиз, Аллоҳ золимлар қилаётган нарсадан ғофил, деб гумон қилма. Фақатгина, уларни кўзлар қотиб қоладиган кунгача қўйиб қўядир, холос.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), siz hargiz: «Alloh zolim kimsalarning qilayotgan amallaridan gʻofil», deb oʻylamang! Faqat Alloh ularni(ng jazolarini) koʻzlar (dahshatdan) qotib qoladigan (qoʻrqinchli Qiyomat) kuniga qoldirmoqda, xolos.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сиз ҳаргиз: «Аллоҳ золим кимсаларнинг қилаётган амалларидан ғофил», деб ўйламанг! Фақат Аллоҳ уларни(нг жазоларини) кўзлар (даҳшатдан) қотиб қоладиган (қўрқинчли Қиёмат) кунига қолдирмоқда, холос.

260-sahifa · 13-juz · 26-hizb260-саҳифа · 13-жуз · 26-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَاva emasва эмасتَحْسَبَنَّhargiz gumon qilmaҳаргиз гумон қилмаٱللَّهَAllohniАллоҳниغَـٰفِلًاgʻofil debғофил дебعَمَّاnarsadanнарсаданيَعْمَلُqilayotganқилаётганٱلظَّـٰلِمُونَ ۚzolimlarзолимларإِنَّمَاfaqatginaфақатгинаيُؤَخِّرُهُمْularni qoʻyib qoʻyadiуларни қўйиб қўядиلِيَوْمٍۢkungachaкунгачаتَشْخَصُqotib qoladiganқотиб қоладиганفِيهِundaундаٱلْأَبْصَـٰرُkoʻzlarкўзлар
TafsirТафсир

Albatta, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam hech qachon, Alloh taolo gʻofil deb, gumon qilmaydilar. Lekin baʼzi kishilar zolimlarga hech narsa boʻlmay, oʻynab-kulib yurganlarini koʻrganda turli xayollarga borishi mumkin. Baʼzilar, falonchilar shuncha zolimlik qilsa ham, ularga hech narsa boʻlmaydi-ya, Allohning iqobi zolimlarga keladigan boʻlsa, oʻshalarga kelishi kerak edi, kabi fikrlarni xayolidan oʻtkazishi mumkin. Ana shunday gumonlarni rad qilish uchun Alloh taolo:

«Sen hargiz, Alloh zolimlar qilayotgan narsadan gʻofil, deb gumon qilma», demoqda.

Balki, U zolimlarning hamma qilayotgan ishlarini juda ham yaxshi biladi. Uning farishtalari zolimlar qilgan ishlarning zarrachasi boʻlsa ham yozib, hisob-kitob qilib turibdi. Zolimlarga gunoh qilgan paytdayoq azob kelmasligi Alloh ularning amalidan gʻofil qolganini anglatmaydi, balki ataylab azobni ortga surganini bildiradi:

«Faqatgina, ularni koʻzlar qotib qoladigan kungacha qoʻyib qoʻyadir, xolos».

«Koʻzlar qotib qoladigan kun» deganda qiyomat kuni tushuniladi. Oʻsha kundagi dahshatdan, qoʻrqinchdan odamlarning koʻzlari qotib, yumilmaydigan, qimirlamaydigan boʻlib qoladi.

Zolimlarga oʻsha kuni azob-uqubat keladi. Bu dunyodagi zarracha yomonliklari uchun ham jazo oladilar. Ular qiyomat kunining dahshatidan, u kunda beriladigan azobdan qoʻrqib, qochishga joy topa olmagan qushchaga oʻxshab tipirchilab qoladilar.

«Ular boshlarini koʻtargan holda yugururlar.»

Yaqin atrofdan najot yoʻqligiga ishongach, boshlarini koʻtarib uzoqlarga qaraydilar va tezroq birorta boshpana topish maqsadida u yon-bu yon yuguradilar.

«Koʻzlari oʻzlariga qaytmas.»

Dahshatdan qotib qolgan. Faqat atroflaridagi dahshatli narsalardan uzilmaydi. Oʻzlariga qaytmaydi.

«Koʻngillari esa, boʻm-boʻsh boʻlur.»

Qoʻrquv tufayli boʻm-boʻsh boʻlib qolgan koʻngillariga biron narsa sigʻmaydi.

Soʻngra, Alloh taolo Paygʻambarimizga xitob qiladi: