مُهْطِعِينَ مُقْنِعِى رُءُوسِهِمْ لَا يَرْتَدُّ إِلَيْهِمْ طَرْفُهُمْ ۖ وَأَفْـِٔدَتُهُمْ هَوَآءٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular boshlarini ko`targan holda yugururlar. Ko`zlari o`zlariga qaytmas. Ko`ngillari esa, bo`m-bo`sh bo`lur.Улар бошларини кўтарган ҳолда югурурлар. Кўзлари ўзларига қайтмас. Кўнгиллари эса, бўм-бўш бўлур.Alauddin Mansour: (U kuni) ular boshlarini (osmonga) koʻtargan hollarida (chorlangan tomongga xisob-kitob uchun) chopurlar. Koʻzlari oʻzlariga qaytmaydi (yaʼni, qoʻrquvdan qotib qolib, oʻzlarining qanday holda ekanliklarini ham koʻrmaydilar). Dillari (dahshatdan) boʻm-boʻsh boʻlib qolur.(У куни) улар бошларини (осмонга) кўтарган ҳолларида (чорланган томонгга хисоб-китоб учун) чопурлар. Кўзлари ўзларига қайтмайди (яъни, қўрқувдан қотиб қолиб, ўзларининг қандай ҳолда эканликларини ҳам кўрмайдилар). Диллари (даҳшатдан) бўм-бўш бўлиб қолур.
Albatta, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam hech qachon, Alloh taolo gʻofil deb, gumon qilmaydilar. Lekin baʼzi kishilar zolimlarga hech narsa boʻlmay, oʻynab-kulib yurganlarini koʻrganda turli xayollarga borishi mumkin. Baʼzilar, falonchilar shuncha zolimlik qilsa ham, ularga hech narsa boʻlmaydi-ya, Allohning iqobi zolimlarga keladigan boʻlsa, oʻshalarga kelishi kerak edi, kabi fikrlarni xayolidan oʻtkazishi mumkin. Ana shunday gumonlarni rad qilish uchun Alloh taolo:
«Sen hargiz, Alloh zolimlar qilayotgan narsadan gʻofil, deb gumon qilma», demoqda.
Balki, U zolimlarning hamma qilayotgan ishlarini juda ham yaxshi biladi. Uning farishtalari zolimlar qilgan ishlarning zarrachasi boʻlsa ham yozib, hisob-kitob qilib turibdi. Zolimlarga gunoh qilgan paytdayoq azob kelmasligi Alloh ularning amalidan gʻofil qolganini anglatmaydi, balki ataylab azobni ortga surganini bildiradi:
«Faqatgina, ularni koʻzlar qotib qoladigan kungacha qoʻyib qoʻyadir, xolos».
«Koʻzlar qotib qoladigan kun» deganda qiyomat kuni tushuniladi. Oʻsha kundagi dahshatdan, qoʻrqinchdan odamlarning koʻzlari qotib, yumilmaydigan, qimirlamaydigan boʻlib qoladi.
Zolimlarga oʻsha kuni azob-uqubat keladi. Bu dunyodagi zarracha yomonliklari uchun ham jazo oladilar. Ular qiyomat kunining dahshatidan, u kunda beriladigan azobdan qoʻrqib, qochishga joy topa olmagan qushchaga oʻxshab tipirchilab qoladilar.
«Ular boshlarini koʻtargan holda yugururlar.»
Yaqin atrofdan najot yoʻqligiga ishongach, boshlarini koʻtarib uzoqlarga qaraydilar va tezroq birorta boshpana topish maqsadida u yon-bu yon yuguradilar.
«Koʻzlari oʻzlariga qaytmas.»
Dahshatdan qotib qolgan. Faqat atroflaridagi dahshatli narsalardan uzilmaydi. Oʻzlariga qaytmaydi.
«Koʻngillari esa, boʻm-boʻsh boʻlur.»
Qoʻrquv tufayli boʻm-boʻsh boʻlib qolgan koʻngillariga biron narsa sigʻmaydi.
Soʻngra, Alloh taolo Paygʻambarimizga xitob qiladi: