QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ibrahim surasi · Oyatсураси · Оят44

وَأَنذِرِ ٱلنَّاسَ يَوْمَ يَأْتِيهِمُ ٱلْعَذَابُ فَيَقُولُ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ رَبَّنَآ أَخِّرْنَآ إِلَىٰٓ أَجَلٍ قَرِيبٍ نُّجِبْ دَعْوَتَكَ وَنَتَّبِعِ ٱلرُّسُلَ ۗ أَوَلَمْ تَكُونُوٓا۟ أَقْسَمْتُم مِّن قَبْلُ مَا لَكُم مِّن زَوَالٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen odamlarni ularga azob keladigan Kundan ogohlantir. O`shanda zulm qilganlar: «Ey Robbimiz, bizni ozgina vaqt qo`yib turgin, Sening da'vatingni qabul qilamiz va Payg`ambarlarga ergashamiz», derlar. Bundan oldin sizlarga zavol yo`qligiga qasam ichmagan edingizmi?!Сен одамларни уларга азоб келадиган Кундан огоҳлантир. Ўшанда зулм қилганлар: «Эй Роббимиз, бизни озгина вақт қўйиб тургин, Сенинг даъватингни қабул қиламиз ва Пайғамбарларга эргашамиз», дерлар. Бундан олдин сизларга завол йўқлигига қасам ичмаган эдингизми?!Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), odamlarni ogohlantirib qoʻyingki, ularga azob kelar kunda (Qiyomatda) zolim kimsalar: «Parvardigoro, bizlarga ozgina muhlat bergin, (yaʼni, bizlarni dunyoga qaytarib, ozgina hayot bergin, albatta) Sening daʼvatingni qabul qilurmiz va paygʻambarlaringga ergashurmiz», deydilar. (Shunda ularga javob qilinur): «Ilgari (hayot paytlaringizda) hech qachon zavolga yuz tutmasligingiz (yaʼni, hech qachon oʻlmasligingiz va Oxirat jazosiga duchor boʻlmasligingiz) haqida qasam ichmagan edingizlarmi?!(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), одамларни огоҳлантириб қўйингки, уларга азоб келар кунда (Қиёматда) золим кимсалар: «Парвардигоро, бизларга озгина муҳлат бергин, (яъни, бизларни дунёга қайтариб, озгина ҳаёт бергин, албатта) Сенинг даъватингни қабул қилурмиз ва пайғамбарларингга эргашурмиз», дейдилар. (Шунда уларга жавоб қилинур): «Илгари (ҳаёт пайтларингизда) ҳеч қачон заволга юз тутмаслигингиз (яъни, ҳеч қачон ўлмаслигингиз ва Охират жазосига дучор бўлмаслигингиз) ҳақида қасам ичмаган эдингизларми?!

261-sahifa · 13-juz · 26-hizb261-саҳифа · 13-жуз · 26-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأَنذِرِva ogohlantirва огоҳлантирٱلنَّاسَodamlarniодамларниيَوْمَkundanкунданيَأْتِيهِمُularga keladiganуларга келадиганٱلْعَذَابُazobазобفَيَقُولُbas, derlarбас, дерларٱلَّذِينَularуларظَلَمُوا۟zulm qilganlarзулм қилганларرَبَّنَآey Robbimizэй Роббимизأَخِّرْنَآbizni qoʻyib turginбизни қўйиб тургинإِلَىٰٓ-gacha-гачаأَجَلٍۢmuddatмуддатقَرِيبٍۢozgina (yaqin)озгина (яқин)نُّجِبْqabul qilamizқабул қиламизدَعْوَتَكَSening daʼvatingniСенинг даъватингниوَنَتَّبِعِva ergashamizва эргашамизٱلرُّسُلَ ۗPaygʻambarlargaПайғамбарларгаأَوَلَمْemasmidiэмасмидиتَكُونُوٓا۟sizlar edingizсизлар эдингизأَقْسَمْتُمqasam ichganқасам ичганمِّن-dan-данقَبْلُbundan oldinбундан олдинمَاemasэмасلَكُمsizlargaсизларгаمِّنhechҳечزَوَالٍۢzavol (yoʻqligiga)завол (йўқлигига)
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada Alloh taolo Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga oʻzlarining asosiy ishlari–odamlarni ogohlantirish, ularga azob keladigan kun, qiyomat kunidan ogohlantirishda bardavom boʻlishni amr etmoqda:

«Sen odamlarni ularga azob keladigan Kundan ogohlantir».

Boshqa narsa bilan, yaʼni, kimga iqob tez kelyaptiyu kimga kelmay turgani bilan ishing boʻlmasin. Qiyomat kuni hammaning koʻzi moshday ochilishi turgan gap.

«Oʻshanda zulm qilganlar: «Ey Robbimiz, bizni ozgina vaqt qoʻyib turgin, sening daʼvatingni qabul qilamiz va Paygʻambarlarga ergashamiz», derlar.»

Bu dunyoda eng ulkan zulmni qilib–mushrik boʻlib, Allohga iymon keltirmay yurgan zolimlar, qiyomatda koʻzlari moshday ochilib, aqllari kirib, muloyim boʻlib: «Ey Robbimiz» deb qoladilar. Bu dunyoda Robbga iymonlari yoʻq edi. Unga boʻysunmas, eʼtiqod ham qilmas edilar. Endi esa «Ey Robbimiz» deb qoptilar. Hayoti dunyoda qanchadan-qancha ogohlantirishlarga qaramay, Allohning daʼvatini qabul qilmagan, Paygʻambarlarga ergashmagan edilar. Endi esa, qiyomatning dahshatlarini koʻrib, oʻzlariga nima boʻlishini bilib, ozgina muhlat soʻrashmoqda. Faqat ozgina vaqt boʻlsa, bas, ilohiy daʼvatni qabul qilamiz va Paygʻambarlarga ergashamiz, deb soʻz berib, yalinib-yolvorishmoqda. Ajabo, ularning bu yolvorishlariga qanday javob berilar ekan? Javob quyidagicha boʻladi:

«Bundan oldin sizlarga zavol yoʻqligiga qasam ichmagan edingizmi?»

Yaqindagina, biz zavolga yuz tutmaymiz, qayta tirilish, hisob- kitob, qiyomat degan narsalar boʻlmagan gap, deb yurmagan edingizmi?

«Va oʻziga zulm qilganlarning maskanlariga joylashmadingizmi?»

Ularning joylarida yashab turib, ularga nimalar boʻlganini bilib turib, oʻzingizga oʻrnak olmay yuraverdingiz-ku?

«Sizga ularni qanday qilganimiz ravshan boʻlmadimi?»

Sizdan oldin oʻtgan zolimlarning hammasini, jumladan, siz maskanlarida yashagan zolimlarni oxir-oqibat Biz nima qilganimiz hammaga maʼlum edi-ku! Sizlarga ham maʼlum emasmidi?! Qolaversa,

«Sizga misollar keltirmadikmi?»

Albatta, keltirganmiz. Ammo u vaqtda siz bunga eʼtibor bermadingiz. Endi, boʻlar ish boʻlib boʻlganda, esingiz kirdimi? Allohning daʼvatini qabul qilish va Paygʻambarlarga ergashish endi esingizga tushib qoldimi?!