وَسَكَنتُمْ فِى مَسَـٰكِنِ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ وَتَبَيَّنَ لَكُمْ كَيْفَ فَعَلْنَا بِهِمْ وَضَرَبْنَا لَكُمُ ٱلْأَمْثَالَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va o`ziga zulm qilganlarning maskanlariga joylashmadingizmi? Sizga ularni qanday qilganimiz ravshan bo`lmadimi? Sizga misollar keltirmadikmi?Ва ўзига зулм қилганларнинг масканларига жойлашмадингизми? Сизга уларни қандай қилганимиз равшан бўлмадими? Сизга мисоллар келтирмадикми?Alauddin Mansour: (Axir) sizlar oʻzlariga zulm qilgan kimsalarning maskanlariga (ular zavolga yuz tutganlaridan keyin) joylashgan edingizlar. Ularni qanday (halok) qilganimiz ham sizlarga aniq maʼlum edi. Biz sizlar uchun (qanchadan-qancha) misollar keltirgan edik (lekin sizlar bu koʻrgan bilganlaringizdan ibrat olmadingiz, haq yoʻlga yurmadingiz)».(Ахир) сизлар ўзларига зулм қилган кимсаларнинг масканларига (улар заволга юз тутганларидан кейин) жойлашган эдингизлар. Уларни қандай (ҳалок) қилганимиз ҳам сизларга аниқ маълум эди. Биз сизлар учун (қанчадан-қанча) мисоллар келтирган эдик (лекин сизлар бу кўрган билганларингиздан ибрат олмадингиз, ҳақ йўлга юрмадингиз)».
Ushbu oyati karimada Alloh taolo Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga oʻzlarining asosiy ishlari–odamlarni ogohlantirish, ularga azob keladigan kun, qiyomat kunidan ogohlantirishda bardavom boʻlishni amr etmoqda:
«Sen odamlarni ularga azob keladigan Kundan ogohlantir».
Boshqa narsa bilan, yaʼni, kimga iqob tez kelyaptiyu kimga kelmay turgani bilan ishing boʻlmasin. Qiyomat kuni hammaning koʻzi moshday ochilishi turgan gap.
«Oʻshanda zulm qilganlar: «Ey Robbimiz, bizni ozgina vaqt qoʻyib turgin, sening daʼvatingni qabul qilamiz va Paygʻambarlarga ergashamiz», derlar.»
Bu dunyoda eng ulkan zulmni qilib–mushrik boʻlib, Allohga iymon keltirmay yurgan zolimlar, qiyomatda koʻzlari moshday ochilib, aqllari kirib, muloyim boʻlib: «Ey Robbimiz» deb qoladilar. Bu dunyoda Robbga iymonlari yoʻq edi. Unga boʻysunmas, eʼtiqod ham qilmas edilar. Endi esa «Ey Robbimiz» deb qoptilar. Hayoti dunyoda qanchadan-qancha ogohlantirishlarga qaramay, Allohning daʼvatini qabul qilmagan, Paygʻambarlarga ergashmagan edilar. Endi esa, qiyomatning dahshatlarini koʻrib, oʻzlariga nima boʻlishini bilib, ozgina muhlat soʻrashmoqda. Faqat ozgina vaqt boʻlsa, bas, ilohiy daʼvatni qabul qilamiz va Paygʻambarlarga ergashamiz, deb soʻz berib, yalinib-yolvorishmoqda. Ajabo, ularning bu yolvorishlariga qanday javob berilar ekan? Javob quyidagicha boʻladi:
«Bundan oldin sizlarga zavol yoʻqligiga qasam ichmagan edingizmi?»
Yaqindagina, biz zavolga yuz tutmaymiz, qayta tirilish, hisob- kitob, qiyomat degan narsalar boʻlmagan gap, deb yurmagan edingizmi?
«Va oʻziga zulm qilganlarning maskanlariga joylashmadingizmi?»
Ularning joylarida yashab turib, ularga nimalar boʻlganini bilib turib, oʻzingizga oʻrnak olmay yuraverdingiz-ku?
«Sizga ularni qanday qilganimiz ravshan boʻlmadimi?»
Sizdan oldin oʻtgan zolimlarning hammasini, jumladan, siz maskanlarida yashagan zolimlarni oxir-oqibat Biz nima qilganimiz hammaga maʼlum edi-ku! Sizlarga ham maʼlum emasmidi?! Qolaversa,
«Sizga misollar keltirmadikmi?»
Albatta, keltirganmiz. Ammo u vaqtda siz bunga eʼtibor bermadingiz. Endi, boʻlar ish boʻlib boʻlganda, esingiz kirdimi? Allohning daʼvatini qabul qilish va Paygʻambarlarga ergashish endi esingizga tushib qoldimi?!